TUMAN HOKIMI S.YOʻLDOShEV JUPNALISTLAP BILAN UChPAShDI
Mamlakatimizda barcha sohalarni yuksak taraqqiyot bosqichiga koʻtarishda axborot sohasini tubdan isloh qilish va rivojlantirishga, matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritayotgan jurnalist kadrlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, bosma nashrlar, radio, televideniye, internet saytlarining ommaviyligiga, yoritilayotgan materiallar va efirga uzatilayotgan telekoʻrsatuvlar, radio eshittirishlarning taʼsirchanligiga erishish maqsadida soʻnggi uch yil davomida oʻndan ziyod qonun hujjatlari qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Aytish joizki, “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.

Xalq bilan davlat idoralari va tashkilotlar rahbarlari oʻrtasidagi uzviy yaqinlikni taʼminlash, davlat organlari va tashkilotlar faoliyatining ochiqligiga erishish maqsadida butun mamlakatimiz boʻylab, vazirliklar, idoralarda axborot xizmatlari koʻrsatish zamon talablari darajasiga koʻtarildi. Yaʼni, tuman va shahar hokimliklarida axborot xizmati rahbarlari shtat birliklari tashkil etildi. Tumanimizda ham tuman hokimligi axborot xizmati rahbari lavozimi joriy etilib, faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, ayni kunda tumanimizda mamlakat miqyosida oʻziga xos nufuzga ega tuman matbuoti shakllangan va “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalari tahririyati bilan birga Amudaryo televideniyesi, “Jayxun sadosi” internet radiosi, www amunews.uz veb-sayti faoliyat olib bormoqda. Tumanimiz hayotiga oid xabar va lavhalarni, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar sharhini tezkor, oʻz vaqtida va sifatli ravishda xalqimizga yetkazib berishda mazkur axborot vositalari ijodkorlarining hissasi katta. Ayniqsa, “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalarini nashr qilingan kuniyoq oʻz obunachilariga yetkazib berish xizmati tahririyat tomonidan amalga oshirilishi, gazeta sahifalarida yoritilgan xabar va lavhalarning www amunews.uz veb-saytiga tezkor joylashtirilishi, «Amudaryo televidenisi»ning efir vaqti davomiyligi 20 soatga yetkazilgani, qolaversa, telekanalning 2019-yil boshidan analog tizimdan raqamli formatga oʻtkazilishi natijasida koʻrsatuvlar sifati yaxshilanib, efir vaqti hamda qamrov hududi ancha kengaydi. Bugungi kunda Amudaryo televideniyesi koʻrsatuvlari hamda tuman gazetasining internet tarmogʻidagi sahifalarida yoritilayotgan materiallar bilan MDH davlatlari fuqarolari ham tanishayotgani juda quvonarli.

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tumanda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar bilan boʻlgan uchrashuvda bu haqda alohida eʼtirof etdi. S.Yoʻldashev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan rivojlantirish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan isolohotlarni qoʻllab-quvvatlash, xalqimizni yangi marralar sari ruhlantirishda matbuot va ommaviy axborot vositalarining tutgan oʻrni gʻoyat muhim ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, hozirgi karantin qoidalari joriy etilgan oʻta masʼuliyatli bir sharoitda jurnalistlar xalqimiz bilan birdam boʻlib, tun-u kun targʻibot va tashviqot ishlarini olib borayotgani, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda toʻgʻri va haqqoniy soʻzning qudrati xalqimizning yanada jipslik bilan ahillikda yashashiga va mehnat qilishiga keng yoʻl ochayotganini qayd etdi.
Uchrashuvda faol jurnalistlarga tuman hokimligi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶