DAVLATGA PEJADAGI 208 TONNA ÖPNIGA 210,1 TONNA YuQOPI SIFATLI PILLA TOPŞIPILDI
Pillaçilik – serdaromad, şu bilan birga öta nozik soha. Şuning uçun pillakorlarimiz har yilgi ipak qurti boqiş mavsumiga alohida tayyorgarlik körişadi. Mavsum işlarining eng muhimi, möl va sifatli ozuqa bazasini yaratişdir. Pillakorlarning ana şu tomondan köngli töq bölsa, möl va sifatli pilla yetiştiriş borasidagi rejalarini amalga oşirişlarida heç qanday tösiq bölmaydi.
Joriy yilda “Jayxun Silk” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan 343 ming dona serhosil tut köçatlari yetkazib berilib, yangi tutzorlar bunyod etildi va fermer xöjaliklari hududlaridagi ariqlar böyiça, dala çetlariga sifatli qilib ekildi. Mavjud tutzorlarga agrotexnik işlov berilib, oziqlantirildi. Avvalgi yillarda ekilgan tut köçatlari joriy yilgi mavsumda möl ozuqa bazasi vazifasini ötadi va ipak qurti parvarişida muammo bölmadi.
Yuqori sifatli pilla yetiştirişning birdan-bir omili ipak qurti uruğini jonlantiriş bilan boğliq işlarni agrtexnika qoidalari asosida taşkil etişdir. Şuni inobatga olgan Amudaryo “Agropilla” masʼuliyati çeklangan jamiyati mutaxassislari “Jayxun Silk” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan yetkazib berilgan 3768 quti ipak qurti uruğini 16 ta inkubatoriylarda sifatli jonlantirib, pillakorlarga öz vaqtida tarqatdilar. Ipak qurti uruğini jonlantiriş maqsadida tanlangan 16 ta inkubatoriylarning barçasiga malakali mutaxassislar biriktirilib, tun-u kun navbatçiliklar taşkil etildi. Natijada sifatli jonlantirilgan ipak qurti uruği 1572 nafar kasanaçiga, 266 ta fermer xöjaliklari qurtxonalariga tarqatildi. Mavsum davomida malakali mutaxassislar tomonidan ipak qurtini parvarişlaş jarayonlari qatʼiy nazorat qilib borildi va jami 3768 quti ipak qurti uruği parvariş qilindi. Albatta, mavsum yumuşlarini yuqori saviyada olib boriş maqsadida ipak qurtini parvarişlovçi kasanaçilar va fermer xöjaliklari tasarrufidagi qurtxonalarda faoliyat yurituvçi pillakorlarning moddiy manfaatdorligiga alohida ahamiyat berildi.
Pillakorlarga har bir quti ipak qurti uruği uçun oldindan bönak pullari berildi. Natija esa kutilganidan ziyoda böldi. 5-iyun sanasidan boşlab Manğit va Xitoy pillani qabul qiliş maskanlarida mavsumning ilk hosilini qabul qiliş işlari muvaffaqiyatli boşlab yuborildi. Peşma-peş taroziga qöyilayotgan pilla hosilining çöği baland böldi. Şu barobarida, pillakorlarimizning ham öz mehnatlari mahsulidan quvonçlari çeksiz. Çunki pillani qabul qiliş maskanining özida rejadan ortiqça yetiştirilgan har bir kilogramm pilla uçun qöşimça tölov amalga oşirildi.
Maşaqqatli mehnatlar samarasi ayni kunda tumanimizning 208 tonnalik yuksak pilla xirmoni bunyod etilgan lahzalarda yanada yorqinroq namoyon böldi. Közlangan marra şaraf bilan ado etildi. Davlatga rejadagi 208 tonna örniga 210,1 tonna yuqori sifatli sanoat xom aşyosi topşirildi va bu boradagi şartnomaviy reja 101 foizga uddallandi. Pillakorlarimiz tomonidan “Manğit” pilla qabul qiliş maskanida 142,8 tonna, “Xitoy” pilla qabul qiliş maskanida 67,5 tonna pilla qabul qilib olindi.
Tumanimizning yuksak pilla xirmoniga Kuyuk köpir ovulidan kasanaçi Jamila Ataboyeva şartnomadagi 102 kilogramm örniga 167 kilogramm, Örta qalʼa ovulidan Ikrom Qöçqorov 88 kilogramm örniga 117 kilogramm, Manzura Qöşboyeva 112 kilogramm örniga 127 kilogramm pilla topşirişib, zimmalaridagi şartnomaviy rejalarini ortiği bilan ado etdilar.
“Oq oltin”lik Tozagul Qalmenova 146, Dörman ovulidan Sobir Tojimov 173, Tölqin ovulidan Dildor Şomurodova 147 kilogramm pilla topşirib, şartnomaviy rejalarini 130-150 foizga ado etdilar. Ilğor pillakor Nafisa Murodova esa barçaga ibrat böldi. U şartnomaviy rejasini 216,4 foizga ado etib, tuman pillakorlari orasida eng yuqori natijaga erişdi.
Ayni kunda pilla qabul qiliş maskanlarida yetiştirilgan hosilni qabul qiliş va qayta işlaş korxonalariga sifatli tarzda yetkazib beriş borasidagi işlar davom ettirilmoqda. Qurtxonalarda esa pilla teriş işlari jadal olib borilmoqda.
P.NAPIMBETOV, "Amudaryo Agropilla” MÇJ raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶