13.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.09.2026, 15:51
Qishloq xoʻjaligi 👁 430

Qabul maskanlariga amudaryolik fermerlar tomonidan kuniga 800-900 tonna don topshirilmoqda

Qabul maskanlariga amudaryolik fermerlar tomonidan kuniga 800-900 tonna don topshirilmoqda

Xalqimiz azaldan nonni ulugʻlab, aziz neʼmat deb bilishadi. Shu sababli non dasturxonlarimizning koʻrkiga aylangan. Dalalarda pishib yetilib, quyosh nurida tovlanib turgan sap-sariq bugʻdoy boshoqlari mehnatkash xalqimizning moʻl rizqini ifodalaydi. Mavsum davomida qilingan mehnatlar samarasi yil mobaynida xonadonlarimizni sifatli un va un mahsulotlari bilan taʼminlash imkonini beradi. Bunday toʻkinlik mamlakatimizda xalq faravonligini koʻzlab qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilgan islohotlarning amaliy natijasidir.

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlari, jumladan, Amudaryo tumanida ham bugʻdoy oʻrim-yigʻim ishlari qizgʻin pallaga kirgan. Bobodehqon-u mirishkor fermerlarimizning hosil choʻgʻidan mamnun boʻlib, “bu yil gʻalla yili boʻldi”, deyishi bejizga emas. Chunki qulay kelgan ob-havo sharoiti va dalalarda oʻz vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijasida bugʻdoy maydonlaridan reja qilinganidan ham ortiqroq don olish kutilyapti.

Dalalarga urugʻlar ekilib, hosil yetilgunga qadar soha mutaxassisilari, mirishkor fermerlarimiz tomonidan barcha zaruriy agrotexnik tadbirlar belgilangan qoidalar asosida amalga oshirildi. Bugʻdoy dalalarini kuz-qish mavsumida sugʻorish va oziqlantirish ishlariga katta eʼtibor berilib, bugʻdoy poyalarining yaxshi oʻsishiga erishildi.

Erta bahorda ekin maydonlarini sugʻorish va oziqlantirish, suspentsiya sepish, zararkunandalarga qarshi kurashish va begona oʻtlardan tozalash tadbirlari uyushqoqlik bilan amalga oshirildi. Natijada yozning oʻrtalarida bugʻdoy bashoqlari sifatli pishib yetilib oʻrim-yigʻim ishlariga tayyor holga keldi.

Joriy yilgi gʻalla hosili uchun tumanimizdagi 313 ta fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarining jami 4 ming 800 gektar yer maydoniga dala holatidan kelib chiqib, “Antonina”, “Aleksey”, “Vassa”, “Grom”, “ASR”, “Davr” kabi navlardagi bugʻdoy ekilgan edi. Gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari yakuniga qadar tumanimizdagi mirishkor fermer xoʻjaliklari tomonidan qabul maskanlariga jami 14 ming 400 tonna gʻalla hosilini topshirish maqsad qilingan. Yetishtirilgan gʻallaning 13 ming 500 tonnasi tovar-don va 900 tonnasi urugʻlik don shaklida topshirilishi belgilangan.

Xalqimiz rizqi boʻlgan gʻallani nest-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan oʻrib-yigʻib olish uchun 22 ta otryad tashkil qilindi. Ushbu otryadlarga 22 ta yuqori unumli kombaynlar, 47 nafar ichki ishlar boʻlimi va Milliy gvardiya xodimlari, 66 ta yuk mashinalari biriktirildi. Shuningdek, 14-iyundan 1-iyulga qadar gʻallani nest-nobud qilmasdan oʻrib olish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi hamda oʻrim grafigi ishlab chiqilgan va shu asosida ishlar tashkil qilinmoqda.

Tumanimizda bugʻdoy yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabiga ega boʻlgan gʻallakorlar koʻp. Gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari boshlanganidan shu kunga qadar qabul maskanlariga don topshirish boʻyicha Doʻrman ovulidagi “Allamberganov Izzatxon”, Oq oltin ovulidagi “Yakubova Gavhar”, Namuna mahallasidagi “Muzaffar Eshchanov” fermer xoʻjaliklari va Nazarxon ovulidagi “Nazarxon Agro Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati yetakchilik qilib, oldinda borishyapti. Tumanimizdagi don qabul qilish korxonalari tomonidan kuniga umumiy hisobda 800-900 tonna atrofida don qabul qilinyapti.

Maʼlumot oʻrnida aytishimiz joizki, Qoraqalpogʻiston Respublikasining mavjud tabiiy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish orqali sanoat, qishloq xoʻjaligi sohalarini jadal rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, tadbirkorlik va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash, shu asosda aholi bandligini taʼminlash hamda turmush darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari mirishkor fermerlarimiz va qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat qilayotgan xodimlarning yanada samarali ishlashlariga zamin yaratdi.

Ayni kunlarda bobodehqon-u mirishkor fermerlarimiz, kombayn haydovchilari hamda mavsumga jalb qilingan barcha xodimlar xalqimiz boyligi, rizq-nasibasi boʻlgan gʻallani nest-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish maqsadida uyushqoqlik bilan mehnat qilishyapti. Fursatdan foydalanib, ularning halol mehnatlari ortidan yuksak gʻalla xirmoni bunyod etilishiga tilakdoshlik bildiramiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026