13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 01:47
Jamiyat 👁 6,505

QIZ UZATDIK EPLI (SEPLI)GINA

QIZ UZATDIK EPLI (SEPLI)GINA

Qiz bolani ota-ona könglining gavhari, deyişadi. Şundanmikan, qiz farzandi bor oilada fayz-tarovat, dasturxonda baraka bor. Qiz bolaning qadami yetgan joyda gözallik, saranjom-sariştalik hokim. Qizlariga mehri payvast otalar ularni "ona qizim”, "uyimning fariştasi”, "aziz mehmon qizim”, - deb erkalaşlarida olam-jahon hikmat mujassam. Ayniqsa, otalar qizlarining köngillarini ranjitmaslikka intilişadi, avaylab-asraşadi. Köngil gavhari, deyişlarining boisi ham şundadir, balki.

- Qizlarim – mehmonlarim, - derdilar rahmatlik otam, - mehmon esa otamday aziz, - deb qöşib qöyardilar.

Onam esa bir gapni köp takrorlardilar:

- Qiz bolaning köngli yarim böladi, qiz bolani ranjitiş – ota-onaning dilini oğritişday gap, - deya öğillari zimmasiga masʼuliyat yuklardilar.

"Köngil gavhari”, "ona qizim”, "uyimning aziz mehmoni”, deb taʼrif berilgan, ota-ona tomonidan beqiyos mehr bilan siylanguvçi qizjonlarimizni bir kuni ulğaytirib, qaddi-böyini, xulq-atvorini bezab, özga bir xonadonga uzatib yuboramiz. Endi u oilamiz uçun yanayam aziz mehmonga aylanadi. Balki öz onasiga nisbat berib, "onajon qizim”, deb erkalab östirgan otalar şuning uçun ham qiz farzandlariga mehrlari bölakçadir. Özga xonadonga uzatilib ketayotgan "mehmon qizi”ning könglini sinirmaslik uçun ota-onaning joni halak. Qizining baloğatga yetganidan quvonib, böy yetgan qizini epligina-sepligina, qilib uzatiş taraddudiga tuşişadi. Har gal duoga qöl oçganlarida: "Qizimga yaxşi joylardan ato et, xudoyim”, - deya iltijo qilişadi.

... Qiz uzatdik, Talabalikdagi dugonam Tojixon Ğazalkentdan Bekobod şahriga Asal qizini uzatdi. Jonajon döstlardan bir-ikkitamiz töyga bordik. 2011-yilning kuzida bölgan bu töyning kelinning seplarini jönatiş marosimida hammani hayron qoldiradigan bir holat meni hayajonlantirib yubordi. Kelinning seplari yuklangan yuk maşinasi ortidan bitta "Damas” avtomobili ham yölga tuşa boşladi. Razm solsam, maşina içi töla kitob. Şu köçadan ötayotgan bironta tadbirkorning yukidir, degan xayolda eʼtibor qilmadim. Lekin içkaridan "hay-hay”lagança çiqib kelgan kelinning xolasi: "Entsiklopediyalarini ham yuklaşsin”, - desa hamma qotib qoldi, göyo.

- Bularni neça yildan beri yiğaman, - izoh berdi dugonam. – Milliy Entsiklopediyaning har bir çiqqan tomini olib qöyaverdim. "Uy-rözğor entsiklopediyasi”, "Tibbiyot entsiklopediyasi” "Islom entsiklopediyasi” – barça entsiklopedik adabiyotlar mening sovğam. Dadasi esa jahon klassik adabiyoti namoyandalarining töliq asarlari töplamini hadya qildilar. Asal juda kitobsevar.

Birov: "qizingiz borgan joyida kitob öqib ötirarkan-da”, - deb kesatdi. Birov Tojixonning bu işini maʼqulladi. Yana kimdir: "şunça kitobning puliga falon davlatda işlab çiqarilgan mebelni oliş mumkin”, - dedi. Yana kimdir: "kitobni bezak uçun olişadi, özini öqimişli körsatib”, - deya kuldi. Lekin biz bilgan Tojixonning qizi Asal uçun kitob har qanday boylikdan-da ustun ekanligini iç-içimdan his etib turganim uçun:

- Tojixonning qiziga qilgan sepining eng aʼlosi ham şu böldi, - dedim sobiq kursdoşlarga.

Xuddi şunga öxşaş voqea haqida yaqinda televideniye orqali berilgan körsatuvga ham guvoh bölib, qalbim nurga ğarq böldi göyo.

Samarqandda qiz uzatildi. Kelinning sepini kuyovnikiga olib kelib tuşirişayotganlarida bir sandiqning oğirligidan hamma hayratlandilar. Kelinning sandiği odatda bunçalik oğir bölmasdi, bemalol ikki kişi kötarib ketaverişardi. Lekin bu sandiqni ikki kişi örnidan zörğa jildirişdi.

- Bu kelinga tegişli emas, sandiqlar adaştirib yuborilgan, - degan faraz bilan ortga qaytarmoqçi bölişdi. Lekin "sandiq kelinniki”, deganlaridan söng zil-zambil bu yuk kuyovning uyiga olib kirildi. Maʼlum bölişiça sandiq töla kitob ekan...

Köp bora qiz uzatdik: qöşni qizni, qarindoş qizni, mahalladoş, ovuldoş qizlarni... uzatdik. Qaysiki qiz uzatiş töyiga borsak-da, kelin qizning sepidan söz oçildi:

- Sof xitoy çinnilaridan falon jamlanma qildim, qizimga.

- Tilla zanjirning undoğidan qildim. Sirğa-uzugini juft qilib berdim, mebelning eng yaxşisini tanlab oldim...

Xullas, kelinning sepi anvoyi, körib lol qoliş darajasida. Narxlari osmondan. Lekin heç bir ota-ona qizimni falon öqişda öqitdim yoki unga falonday hunarlarni örganişi uçun şaroit yaratdim, deb maqtanmaydi. Maqtana olmaydi. Çunki ota-onalari erkalatib östirgan köpçilik "ona qizlar”imiz köylagining etagini tikdiriş uçun ham çevarga yugurişadi. Non yopiş, har xil pişiriqlar tayyorlaş, mehmon kutiş tugul oddiy xamir qorişning uddasidan çiqolmaydigan qizlarimiz ham bor, afsus.

- Kitob – insonni har tomonlama tarbiyalaydi, - deydi Manğit şahrining "Beşgujum” dahasida yaşovçi hoji ona Qurbonbeka ena. – Öqigan, kasb-hunar örgangan, kitobga oşno bölgan qizpoşşalarimizning barçasi epligina bölişadi, atrofdagilar bilan qanday muomala qilişni yaxşi bilişadi. Bilsang, qizim, kelinning eng katta, qimmatbaho sepi uning gözal xulq-atvori, epliligi. Yaxşi ota-ona qizini "onajonim, gavharim”, deb erkalatişdan avval ana şu qizaloqning köngil mulkini boyitişi kerak. Köngildagi mulk – çiroyli xulq-atvor, kasb-hunargina qizpoşşalarimizga baxt olib keladi.

Xizmat safarida ekanligimda Manğit şahridagi bir oilada böldim. Bizni tuşlikka taklif qilgan xonadon sohibasi şinam, bezatilgan uyga boşlab kirdi:

- Kelinimning uyi, - dedi sekingina. – Bir yarim yil böldi, ota-onasinikida yaşayapti.

Içkari-taşqarili, ikki xonali uy kiçikroq muzeyni eslatadi. Qim-matbaho mebellar jamlanmasi, kompyuter, sönggi rusumdagi televizor, jimjimador stol-kursilar, teatrlardagiday başang pardalar, bir burçakda bolalar maneji. Hatto servantning bir tokçasi töla kitoblar. Yigirma-öttiztaça qalin-qalin kitoblarga razm soldim. Barçasi islom dini tarixiga oid ilmiy-nazariy, hadis ilmiga oid adabiyotlar, hatto At-Termiziy va imom Buxoriy hazratlarining hadislaridan namunalar ham jam edi bu yerda.

- Keliningiz öqituvçimi? – Qiziqdim.

Qaynonaning hafsalasi pir böldi.

- Qayoqda, deysiz, öqimagan. Kitoblarni bezak uçun olib berişgan ota-onasi. Uyda kitob tursa, obrösi oşarmiş. Kitobi köp odamga boşqalar yaxşi munosabatda bölarmiş... Işonsangiz, kelinim yaxşilab salom berişniyam bilmaydi. "Ssam”, deb salom bersa, otasining oldida uyalib ketaman.

Ana xolos. Qizining "borgan joyida toşday qotişi”ni istagan ota-onaning tutgan yölini qarang: "uyda kitob tursa, obrö” emiş. Unda qimmatbaho adabiyotlarni javonga terib qöyib, ertalab qaynota-qaynonasiga "Ssam”, deb salom berguvçi kelinpoşşaning obrösi qayerda qoldi? Xonadon sohibasining aytişiça, arzimagan bahona bilan bir yarim yildan beri ota-onasinikiga ketib ötirgan kelinpoşşa kitoblarni umuman öqimas, boşqalarga ham bermas ekan. Bu xonadonga oqib kirayotgan maʼnaviyat çaşmasining yölini yopişmi yoki kelinpoşşaning xudbinligimi? Yoki qizining sepiga nodir adabiyotlarni saralab, taxlab qöşgan ota-onaning farosatsizligimi bu?

Töğrisi, bu başang, lekin egasiz uyda men inson uçun aziz bölgan heç narsani topmadim. Bu yerda halovat ham, mehr-oqibat ham, insonni öziga tortuvçi gözallik ham yöq edi nazarimda.

- Öqişdagi qizimga palto olib berganim uçun janjallaşib ketib qoldi, - deydi qaynopa.

Bu oilaviy kelişmovçilik – alohida mavzu. Lekin şu yerda men öz könglimdan keçganini yaşira olmayman. Azizlar, agar öşa kelinpoşşa obrö, şon uçun ota-onasi taxlab bergan noyob kitoblardan heç bölmaganda bittasini – hadislarni varaqlab körganida edi, talaba qaynsinglisiga palto olib berişgani uçun janjal çiqarmagan, balki bu paltoni olib berişlariga özi boş-qoş bölgan bölardi.

Ilmni bekitiş, ilmdan bahra olişga intiluvçilarga yordam bermaslik – dinimizda qattiq qoralanadi. Javonlarni töldirib nodir kitoblarni terib qöysang-u undan na özing, na özgalar bahra olmasa, bu – borib turgan gumrohlik, xudbinlik. Afsuski, oramizda kitobni şunçaki xöjakörsinga yiğib, "muqovasi çiroyli, qimmatbaho kitoblarni javonga terib qöyişni moda”, deb tuşunguvçilar ham yöq emas. Lekin kitobni öziga döst-u qadrdon, eng yaqin maslahatgöy deb bilgan insonlar ham borki, ularning xonadonlarida maʼnaviyatning teran ildizlaridan suv içgan soğlom hayot nafasi barq urib turadi. Bunday insonlar qizlarining qadd-u böyini ham, xulq-atvorini, hatto uylarini ham ana şu hayot nafasidan rang olgan gözalliklar bilan bezaydilar. Bunday oilada kamol topgan qiz ota-onasi bera olmaydigan qalb uyi bezaklarini kitobdan oladi, öz köngil mulkini yaratadi: gözal muomalali, rözğor taʼlimida burro, ona bölganida, farzand tarbiyasida oqila va farosatli, mehribon rafiqa sifatida şakllanadi. Hayotga tez aralaşib, yangi oilada öz obrösiga ega böladi, kelinlik mavqeini mustahkamlaydi. Bu ota-ona köngil gavharlari – qiz bolaning uzukka köz bölgani, borgan joyida ildiz otgani. Şuning uçun ham qaynonalar bir-birlariga:

- Epli kelin kerakmi yo sepli?! – deya hazillaşadilar.

"Qiz bolaning epi – tilidan, qaynonaning feʼli – yuzidan bilinadi”, - deb bejiz aytişmagan. Qizlarimiz ota-onasinikida nimaiki örgangan bölsa, yaxşi qaynona – uning örganganlariga "özidan qöşadi”, bilmaganini örgatadi. Rözğor yumuşlarining uddasidan çiqolmagan epsiz kelinning uy töla anvoyi sepidan ne naf? Yaxşi qiz öziga sep yiğişdan oldin ayol kişi uçun rözğor tebratişda zarur bölgan eng yaxşi fazilatlar bilan öz xulqini bezasa, kasb-korli bölsa, ana şudir uning sepi. Sep deganda faqat moddiy narsalar (mebel, çinni, gilam, maişiy-anjomlar)ni tuşuniş ham maʼnaviyatsizlikning bir körinişi, aslida. Rahmatlik onajonim aytardilar: "... Yusuf Eşon bobo hazratlariga yaqin dösti qizini uzatmoqçi ekanligini aytganida u zot söragan ekanlar:

- Qizingning sepi durustmi?

Dösti qiziga qilgan körpa-töşak, qoşiq-tovoq, ...larni sanay boşlabdi.

Şunda Eşon bobo uni gapdan töxtatib:

- Sep deganda men qizingning epini söradim”, - degan ekanlar.

- Uy töla qaqir-ququringdan foyda yöq, bolam. Xulqing çiroyli, eping bölmasa, obrö topmaysan - derdilar doim onam.

Demak, qiz uzatiş – qizimizning tilagan narsasini muhayyo qilib, özga uyga köçirib yuboriş emas, balki uning qalb uyini maʼnaviy gözallik bilan boyitib, gözal xulq-atvorli, çevar va pazanda, mehr-oqibatli inson sifatida yangi hayot ostonasiga kuzatmoğimiz kerak. Qizimizning eng katta sepi – maʼnaviy barkamolligi. Maʼnaviy barkamollikka eltuvçi yöl esa faqat va faqat ilm-hunardir. Ilm çiroği yoniq qalblarning hayoti tinç, farovon va hamişa obod böladi. Uşbu mulohazalarni şarh etişdan maqsad esa ezgu - ilohim, qizlarimizga yaxşi yerlardan ato etsin-u ularning sepini maʼnaviy boyliklar bilan töldiraylik. Odob-axloq, hayot saboqlaridan taʼlim berguvçi nafis kitoblarni sevib, ardoqlab ulğaygan qizlarimizning tuşgan xonadonlari ularning qalb mulkidan, epçilligidan yaşnab ketsin. Öğillarimizning yonidagi juftlari qadam qöygan ostonamiz mehr-muhabbatga, yaxşilikka çulğansin.

Töyga, azizlar! Ota uyni tark etib, qiz uzatilayotir. Qadrdon uyi ostonasidan hatlagan zahoti kelin nomini olib, ota uydan mehmonday kuzatilayotgan qizginaning özidan oldin sepi yölga çiqdi. Olamjahon sep – bir uyga siğmaydigan moddiy boylik qalaşib ketdi kuyovnikida. Lekin bu boyliklar qolib, ularning içida kiçik bir sandiq barçaning diqqatini tortdi: Navoiy, Bobur asarlari ixlos bilan taxlab qöyilgan sandiq uyning eng töriga qöyildi. Kelin keldi. Kelin salomidan, ibo-yu hayosidan, egnidagi gözal libosidan barçaning köngli töldi. Xuddiki bu xonadonga hazrat Navoiyning Layli-yu Şirini kirib kelganday, dillarda havas uyğondi. Onalar könglini bir şirin orzu quçdi:

- Kiroyi kelining şunday bölsa, - dedilar.

- Epligina qiz ekan-a, - havaslanişdi.

- Qayerdan bildingiz?

- Sepiga kitob qöşganidan, salom berişlaridan, özini tutişidan!

- Kelinning sepi – ilmi, aql-farosati, odob-ikromi, - deya alqadilar.

Qiz uzatdik, epligina,

Özga elga botsin, deb.

Köngil uyi sepligina,

Qotsa, toşday qotsin deb.

Sepiga gözal taʼlim –

Gul qöşdik, gulob qöşdik.

Hayot özi muallim –

Öqi, deb kitob qöşdik.

Robiya YÖLDOŞEVA.

(Foto - http://tashregion.zn.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026