Maktab hayotidan
Sohibqironga ehtirom
Tumanimizdagi 44-sonli umumiy örta taʼlim maktabida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 678 yilligiga bağişlanib, "Amir Temur – Buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirda maktabning tarix fani öqituvçisi Maxsud Xaliyev sözga çiqib, öz davrida buyuk saltanat barpo etib, davlatçilik borasida özidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirgan, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va maʼnaviyat rivojiga keng yöl oçgan buyuk siymo – Sohibqiron Amir Temur haqida gapirdi.
Şundan söng öquvçilar tomonidan taşkil etilgan sahna körinişlari namoyiş qilindi, Amir Temur bobomizga bağişlangan şeʼrlar öqildi.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 678 yilligiga bağişlab ötkazilgan uşbu tadbir maktab öquvçilarida katta taassurot qoldirdi.
"Möʼjizakor kimyo”
Yaqinda şu maktabda kimyo va biologiya fanlari oyligiga bağişlanib, "Möʼjizakor kimyo” mavzusida tadbir ötkazildi. Tadbirni maktabning tajribali kimyo, biologiya fanlari öqituvçisi Roziya Nurimbetova boşqarib bordi.
Tadbirda maktabning 8-sinf öquvçilari 7 ta şart böyiça özaro bellaşdilar. Tadbir hakamlar hayʼati xulosasiga köra maktabning 8a-sinfi öquvçilaridan taşkil topgan "Metallar” guruhi ğolib deb topildi.
Tadbir yakunida maktabning madaniy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Ilhom Bobojonov sözga çiqib uşbu bellaşuv haqida öz taassurotlarini gapirdi, fikr mulohazalarini bildirdi. Qiziqarli ötgan uşbu tadbir oxirida ğolib jamoa maktab maʼmuriyati tomonidan taqdirlandi.
Yulduz MADADOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶