MASʼULIYaTLI MAVSUM – ĞALLA ÖRIM-YIĞIMIGA PUXTA HOZIRLIK KÖRILMOQDA
Tumanimiz fermer xöjaliklarida 3350 gektar maydonda 6 navdagi buğdoy parvariş qilinmoqda. Joriy yil köklami buğdoy maysalarining yaxşi rivojlanişi uçun qulay keldi, namlik yetarli darajada böldi.
Şu boisdan ham barça buğdoy ekilgan dalalarda hosil barvaqt va böliq bölib yetildi. Yaqin kunlar içida agrar soha xodimlari uçun yana bir masʼuliyatli va qiyin-qistovli mavsum – ğalla örim-yiğim boşlanadi.
Tumanimizda dehqonlarimizning qalb qöri, peşona teri evaziga yetiştirilgan ğalla hosilini nest-nobud qilmasdan yiğiştirib oliş, qabul punktlariga taşiş va sifatli saqlaş uçun puxta hozirlik körildi. Mavsum işlarida qatnaşadigan örim-yiğim kombaynlari va qabul punktiga taşuvçi texnikalar boşqaruvçilarining bu boradagi masʼuliyatlari keng tuşuntirildi, ğallazorda, taşiş va qabul punktida saqlaş davomida yonğin kelib çiqişiga yöl qöymaslik çoralari bilan taniştirildi.
Mavsumga “Taxiatoş don” don mahsulotlari aktsiyadorlik jamiyatiga qaraşli “Manğitdon” filialida ham qizğin hozirlik körildi. Filialga keltirilgan ğalla hosilidan darvoza oldidayoq namuna olinib, asosan 2 xil mezon – çegaralangan va bazis normalari böyiça tekşirilib, taroziga tortiladi va mahsulot sifatiga qarab, maxsus tayyorlangan uçta omborga va uçta maydonçaga tökiladi. Har bir ombor va maydonçaga alohida-alohida navdagi va sifat körsatkiçli hosil joylaştirilişi uçun hozirlik körildi. Şu kungaça omborxonalar va maydonçalar sifatli taʼmirlanib, qanday sifat körsatkiçli va navli buğdoy joylaştirilişi belgilab qöyildi.
Filialda taşkil qilingan laboratoriya zamonaviy hosil sifatini aniqlaydigan uskuna va jihozlar bilan taʼminlangan. Agarda keltirilgan buğdoy belgilangan meʼyordan ziyod iflos yo nam bölsa, alohida qabul qilinadi va topşiruvçi quritib, tozalab beradi.
Joriy yilda filial omborxonalari va ğalla saqlaş maydonçalarida faqat sara uruğ uçun ajratilgan 838 tonna 6 navdagi hosilni qabul qiliş va saqlaş rejalaştirilmoqda. Tovar don uçun yetiştirilgan hosil esa Qipçoq paxta qabul qiliş punktida vaqtinça taşkil etilayotgan saqlov hududida qabul qilinadi. Buning uçun transportyorlar, tarozilar taʼmirlanib, maxsus tekşiruvdan ötkazildi. Vaqtinça mavsumiy işçilar işga qabul qilindi. Ularning unumli işlaşlari uçun barça qulayliklar yaratilgan bölib, tuşlikda issiq ovqat berilayapti.
Filialga qabul qilingan ğallaning sifatli saqlanişi uçun barça çora-tadbirlar amalga oşirildi.
Yozning jazirama issiği saqlanib turgan ayni kunlar örim-yiğim mavsumini yanada yaqinlaştirmoqda.
Ha, yaqin kunlar içida hazrati dehqonlarimizning qalb qöri, halol mehnati tufayli dalalarda yetilgan buğdoy hosili xirmonlarga tökiladi. Neʼmatlar içra tengsiz, totli nonlarga aylanib, elimiz dasturxonlarini töldiradi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶