Adabiyot
👁 344
BIZNING XALQQA YaRAShMAYDI
Doʻstingizga yaxshi tilak tilab yuring,
Doʻstingizga doim dildan yaqin boʻling,
Yaxshi kunda, yomon kunda birjon boʻling,
Bizning xalqqa yomon boʻlish yarashmaydi.
Oʻzimizga doʻst bilamiz rostgoʻylikni,
Odamlarga har on tilab, rostgoʻylikni
Soʻzimizga esh qilamiz rostgoʻylikni,
Bizning xalqqa yolgʻon soʻzlash yarashmaydi.
Egam bergan neʼmatiga shukur qiling,
Umringiz har soatiga shukur qiling,
Sinab bergan qismatiga shukur qiling,
Bizning xalqqa noshukurlik yarashmaydi.
Barno SAMANDAROVA,
35-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶