Amudaryo tumanida 2019-yilda qanday işlar amalga oşirildi?
Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotda dunyoning rivojlangan mamlakatlari sari ilgarilab bormoqda. Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da barça sohalarda salmoqli natijalarga erişildi.
Tumanimizning asosiy iqtisodiy körsatkiçlari yuqori bölib, 2019-yilda qişloq xöjalik yalpi mahsuloti 1 trillion 435 mlrd. sömni taşkil qilib, ötgan yilga nisbatan 103 foizga oşgan. Tumanimiz qişloq xöjalik yalpi mahsulotining Qorqalpoğiston Pespublikasidagi uluşi 17,7 foizni taşkil qiladi. Şuningdek, ötgan yilga nisbatan sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi 102,7 foizga, xalq isteʼmoli mollari işlab çiqariş 100 foizga, investitsiya 100,1 foizga, quriliş işlari 104,7 foizga, çakana savdo 107,3 foizga, xizmat körsatiş 106,9 foizga oşdi.
Kiçik biznesning sanoatdagi uluşi 44,2 foizni, qişloq va baliq xöjaligida 99,8 foizni, investitsiyada 64,9 foizni, quriliş işlarida 95,6 foizni, çakana savdoda 94,6 foizni, xizmatlarda 94,6 foizni, eksportda 31,8 foizni va importda 99,6 foizni taşkil qildi.
Eksportyor korxonalar tomonidan 7,7 mln. AQŞ dollarilik mahsulotlar eksport qilindi, eksport hajmi 2018-yilga nisbatan 116 foizga köpaydi.
Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subʼektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça olib borilayotgan islohotlar natijasida ötgan yili 251 ta yoki 2018-yilga nisbatan qariyb 1,6 barobar köp yangi tadbirkorlik subʼektlari taşkil etildi.
Tadbirkorlikni keng rivojlantiriş va bu soha uçun yangi şaroitlar yaratişga barça imkoniyatlar safarbar etilmoqda. Jumladan, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida öz biznesini boşlayotgan 1410 ta oilalarga 35,3 mlrd. söm, fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida 41 ta fuqaroga 4,2 mlrd. söm, hunarmandçilikni rivojlantiriş dasturi böyiça 74 ta hunarmandga 2,6 mlrd. söm, Bandlikka kömaklaşiş dasturi doirasida 29 ta fuqaroga 1,1 mlrd. söm, xotin-qizlar va oilalarni qöllab-quvvatlaş dasturi böyiça 18 nafar xotin-qizlarga 800 mln. söm va “Yoşlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida 33 nafar yoşlarga 9,6 mlrd. sömlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
2019-yilda mahalliy byudjetga soliqlar va majburiy tölovlar 129,4 mlrd. sömni taşkil qildi yoki 25,9 mlrd. sömga ortiği bilan bajarildi. 2018-yilga nisbatan tuşum 64,9 mlrd. sömga yoki 2 barobarga oşdi. Mahalliy byudjetdagi transfert salmoği 56,6 foizni yoki 139,2 mlrd. sömni taşkil qildi.
Şuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlari böyiça qiymati 74 mlrd. 153 mln.sömlik 59 ta loyihalar amalga oşirilib, 266 ta yangi iş örinlari yaratildi. Şundan sanoat sohasida 45 mlrd. 735 mln. sömlik 16 ta loyihalarda 102 ta yangi iş örinlari yaratildi. Jumladan, “Yunusjon Trans Servis” MÇJ tomonidan qiymati 2,9 mlrd. sömlik şağal işlab çiqariş loyihasi işga tuşirildi va 14 ta yangi iş örinlari yaratildi. Qişloq xöjaligi sohasida 7 mlrd. 648 mln. sömlik 17 ta loyihalarda 59 ta yangi iş örinlari yaratildi. Masalan, “Amudaryo sohili” fermer xöjaligi tomonidan 1,1 mlrd. sömlik çorvaçilik xöjaligini kengaytiriş maqsadida 66 boş zotli qoramollar olib kelindi va 4 ta yangi iş örinlari yaratildi.
Xizmat körsatiş sohasida ham yuqori körsatkiçlarga erişildi. Sohada qiymati 20 mlrd. 770 mln. sömlik 26 ta loyihalarda 105 ta yangi iş örinlari yaratildi. “Amudaryo Farma Tabobat” MÇJ tomonidan qiymati 800 mln. sömlik zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xususiy dorixona va soğlomlaştiriş markazi işga tuşirildi, bu yerda 5 ta yangi iş örinlari taşkil etilib, hozirda aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatib kelmoqda.
Yangi iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligini taʼminlaş Dasturi doirasida 1326 ta yangi iş örinlari yaratildi, şundan 589 nafar ayollar hamda 822 nafar yoşlarning bandligi taʼminlandi.
Joriy yilda tumanni iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş borasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶