Qizil yarim oy jamiyati tuman bölimi tomonidan Tibbiyot birlaşmasi hududida xayriya aktsiyasi ötkazildi
Özbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining infektsion kasalliklar, jumladan, koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça qörayotgan çora- tadbirlariga monand koronovirusni yuqtirişdan özingizni va boşqalarni asrang şiori ostida joriy yilning 28-mart sanasida tuman Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan tuman Tibbiyot birlaşmasi hududida xayriya aktsiyasi ötkazildi.
Bugungi kunga kelib Özbekiston Qizil yarim oy jamiyati aholida birinçi tibbiy yordam könikmalarini şakllantiriş, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar körsatiş, insonparvarlik yordami beriş, beğaraz donorlik kabi yönalişlarda iş olib boradi. Faoliyatimizning ustuvor yönalişlaridan biri – bu sözsiz, jamiyatning yoşlar harakati va köngillilar boşlanğiç taşkilotini tuziş hamda şakllantiriş, halqaro loyihalarni hayotga izçil tadbiq etiş va gumanitar sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirişdir.
Xayriya tadbirida Qizil yarim oy jamiyati tomonidan tayyorlangan, koronavirus epidemiyasining oldini oliş, kasallikdan saqlaniş çora-tadbirlari töğrisida tayyorlangan buklet va eslatmalar, bir martalik şaxsiy himoya vositasi bölgan tibbiy niqoblar tuman TTB markaziy şifoxonasi bölimlari işçi-xodimlariga, şifoxonada davolanayotgan bemorlarga hamda köp tarmoqli poliklinikasi işçi-xodimlari va poliklinikaga kelgan fuqarolarga xayriya tariqasida tarqatildi.

Tuman Markaziy şifoxonasi yuqumli kasalliklar bölimi mudiri O.Qurbonboyev ötkazilayotgan uşbu aktsiya uçun Qizil yarim oy jamiyati tuman bölimi xodimlariga öz minnatdorçiligini bildirdi. Şu bilan birga kasallik töğrisida maʼlumot berib, barçani vahima qilmaslikka çaqirdi.
Xayriya tadbiri davomida Qizil yarim oy jamiyati tuman bölimi ijroçi direktori I.Nurimbetov, tibbiy birodar Ç.Ernazarov, köngilli volontyorlar Tibbiyot birlaşmasi epidemiolog şifokori X.Sobirov, O.Xolmurodova, R.Xolmurodovalar fuqarolarga virusdan himoyalanişning birdan-bir yöli soğlom turmuş tarziga rioya qilib, şaxsiy gigiyena va töğri ovqatlaniş qoidalariga amal qiliş muhimligi haqida tuşunçalar berdi va turli xil mişmişlarga işonmaslik, şifokorlar maslahatiga rioya qilgan holda tuşkunlikka tuşmaslikka, har kim öz uyida, oilasi bağrida karantin intizomini buzmay sabr qilişi zarurligini qayd etişdi. Şu yöl bilan barçani hamjihatlikda kasallikni yengişga daʼvat qildilar.
Butun Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotining bergan maʼlumotiga qaraganda soğliğimizning 50-55 foizi keçirayotgan turmuş tarzimizga, atigi 8-10 foizi tibbiyot xodimlarining tez va sifatli, malakali şoşilinç yordam körsatişiga boğliq ekan.
- Şunday ekan, biz sizlar uçun işda qolayapmiz, siz esa biz uçun uyda qoling, şioriga amal qilişingizni söraymiz, - deya taʼkidlaşdi xayriya tadbiri taşkilotçilari bölgan tuman Qizil yarim oy jamiyati xodimlari.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶