Sud raislari tadbirkorlar bilan sayyor uçraşuv ötkazişdi
Tumanimizdagi “Manğit” dehqon bozori binosida sud raislarining tadbirkorlar bilan sayyor uçraşuvi ötkazildi.
Uçraşuvda tuman Iqtisodiy sudi raisi Ötkir Sobirov, Fuqarolik sudi raisi Yerkin Uteniyazov, “Manğit” dehqon bozori masʼuliyati çeklangan jamiyati raisi Şavkat Yangiboyev hamda hududda savdo bilan şuğullanayotgan tadbirkorlar iştirok etdilar.
Sayyor uçraşuv Özbekiston Pespublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subektlarini huquqiy himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni, Özbekiston Pespublikasining “Bankrotlik töğrisida”gi hamda “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunlari mazmun-mohiyatlarini tadbirkorlarga keng turda tuşuntiriş, ularning muammolarini, takliflarini örganiş maqsadida taşkil qilindi.
Uçraşuv munosabati bilan ötkazilgan yiğilişni Şavkat Yangiboyev kiriş sözi bilan oçib, uşbu uçraşuvni taşkil qilişdan közlangan maqsad haqida maʼlumot berdi. Şuningdek, bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar xususida alohida töxtaldi.
Tuman Iqtisodiy sudi raisi Ötkir Sobirov “Tadbirkorlik subʼektlarini huquqiy himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonining asosiy mazmuni haqida sözladi. Sud raisi taʼkidlab ötganidek, mazkur Farmon jamiyatni demokratlaştiriş va yangilaş, mamlakatni isloh qiliş hamda modernizatsiyalaş, sud-huquq tizimini yanada erkinlaştiriş, nazorat organlarining tadbirkorlik subektlari faoliyatiga aralaşuvini kamaytiriş, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini taʼminlaş, tadbirkorlik faoliyatining asossiz çeklanişiga yöl qöymaslik maqsadida qabul qilingan.
Uşbu qonun hujjatiga köra, tadbirkorlik subʼektlarining moliya-xöjalik faoliyatini tekşiriş belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekşiriş davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa – Özbekiston Pespublikasi Boş prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan amalga oşirilişi belgilangan. Şuningdek, sud raisi bugungi kunda mazkur Farmonga asosan, tadbirkorlik subektlariga huquqiy taʼsir çoralarini qöllaş bilan boğliq işlar iqtisodiy sudlar tomonidan körib çiqilayotganligi va ular böyiça tegişli qarorlar qabul qilinayotganligini ham qayd etib ötdi.
Mazkur Farmon mazmun-mohiyati yuzasidan yiğilganlarning savollariga javoblar berilganidan söng, “Bankrotlik töğrisidagi” hamda “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunlar xususida söz yuritildi.
Mutasaddilar “Bankrotlik töğrisidagi” işlarni körib çiqiş tartibi haqida töxtalib, uşbu jarayonda jamoatçilikning örni muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaşdi. Şu örinda avvalo, har bir tadbirkor öz haq-huquqini bilişi lozimligini, buning uçun qonunlar, tegişli hujjatlar mazmun-mohiyatini örganib boriş zarurligini tuşuntirişdi.
Söngra masʼullar “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonun haqida keng maʼlumot berib ötişdi. Uşbu Qonun hujjati 2017-yil 3-yanvar kuni qabul qilinib, 2019-yil 4-yanvar kunidan kuçga kirganligini, mamlakatimizda korruptsiyaga qarşi kuraşiş, ularga imkoniyat yaratib berayotgan sabab va omillarning oldini oliş böyiça bir qator Qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilinganligini aytib, bu böyiça batafsil tuşunçalar berişdi. Qolaversa, korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari - aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda unga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, davlat va jamiyat hayotining barça sohalarida bu illatning oldini olişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş ekanligini alohida taʼkidlaşdi.
Aytiş joizki, bunday uçraşuvlarni taşkil qiliş mamlakatda qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarni aholi örtasida tarğib qiliş qonun ustuvorligini taʼminlaşga, qolaversa, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirişga xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶