SPORTÇI QIZLAR YuTUQLARI – TUMANIMIZ ŞARAFINI TOBORA YuKSALTIRMOQDA
Yurtimizda yoşlarning sport bilan şuğullanib, özligini namoyon etişlariga yaratilayotgan şaroitlar har jabhada quvonarli yutuqlar qölga kiritilişiga asos bölayotgani juda quvonarlidir.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan Bolalar-ösmirlar sport maktabida ösib kelayotgan öğil-qizlar 21 ta sport turi, şu jumladan, 15 ta olimpia sport turlari bilan şuğullanişmoqda.
Ayni kunda sport maktabida jami 134 ta guruh mavjud bölib, 1800 nafardan ziyod tarbiyalanuvçilarni bağriga olgan. Şularning 314 nafari qiz bolalardir.
Jami faoliyat olib bora-yotgan murabbiylarning esa 13 nafari ayol-qizlardir.
Odatda biz sport haqida gap ketganida bu öğil bolalarga xos soha deb hisoblardik. Keyingi yillarda sportning yengil atletika, badiiy gimnastika, suziş, yugurişdan taşqari kuraş, oğir atletika, boks, futbol turlari böyiça ham ayol-qizlar vakillari munosib yutuqlarga erişib, özbek ayol-qizlarining nimalarga qodir ekanliklarini öz faoliyatlarida isbotlaşmoqda.
Quvonarlisi, tuman Bolalar ösmirlar sport maktabida faoliyat olib borayotgan barça guruhlardan ham iqtidorli, yurtimiz sport şaʼnini yuqori kötaradigan sportçilar yetişib çiqmoqda. Ulardan biri Oltinoy Şukurullayevadir. U 21-sonli maktab öquvçisi, bir neça yillardan beri sportning oğir atletika turi bilan şuğullanib keladi. Bu intilişlari esa samarasiz ketgani yöq. 2019-yilning oktyabr oyida Xiva şahrida bölib ötgan Özbekiston çempionatida Oltinoy öz vazn toifasida 1-örinni egallab, Özbekiston çempioni böldi.
Faoliyat boşlaganiga hali köp bölmagan tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabiga qaraşli yopiq suv havzasi suziş sporti bilan şuğullanuvçilar bilan gavjum böladi. Davlatimizning 4,49 mlrd. söm pul mablaği evaziga qurilgan mazkur inşoot hozirgi zamonaviy talablarga töla javob beradi va şuğullanuvçilar uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan.
Hozirgi kunda bu yerda soğlomlaştiriş guruhlari va boşlanğiç tayyorgarlik guruhlari taşkil qilingan. 8-9 yoşgaça bölgan bolalar bepul, undan kattalari esa pullik soğlomlaştiriş guruhlarida maşğulotlar olib borişadi. Ayni kunda murabbiy Javohir Matirzayev haftaning uç kunida öğil bolalar, uç kunida qiz bolalar bilan suziş sporti böyiça maşğulotlar olib bormoqda.
Yaqinda Beruniy şahrida bölib ötgan suziş böyiça Qoraqalpoğiston birinçiligi musobaqasida uning şogirdlari ham muvaffaqiyatli iştirok etdi. Xususan, erkin suziş böyiça Sevinç Soliyeva uçinçi, Marjona Tozaboyeva uçinçi örinlarni egalladi. Nukus şahrida bölib ötgan Qoraqalpoğiston oçiq çempionatida esa Aygerim Marksova uçinçi örinni egalladi.
Sport maktabida şuğullanuvçilarning imkoniyatlarini aniqlaş va qunt bilan şuğullanişiga undaş maqsadida tumanda ham köpgina musobaqalar ötkazilib turiladi. Tuman miqyosida alohida yutuqlarga erişgan, qobiliyatini namoyon etganlar nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik körişi uçun murabbiylar ular bilan alohida maşğulotlar olib borişadi. Bundan közlangan maqsad ezgu – tumanimiz sport şarafini yuksaltiriş, yoş sportçilarning iqtidori yana ham rivojlanişiga erişiş.
Ötgan davrda sport maktabining Maʼmura Matyoqubova murabbiylik qilayotgan gimnastika guruhi tarbiyalanuvçilari ham köpgina nufuzli musobaqalarda munosib örinlarni egallab kelişdi. 50 nafardan ziyod nafis sport turi bilan şuğullanayotgan qizaloqlarning ustozi bilan maşğulot ötayotgan lahzalarini kuzatişning özi zavqli. Va... yana agar köngilda istak bölsa, inson butun tanasini öziga böysundira olişiga amin bölasiz.
Buning uddasidan çiqib, Navoiy şahrida bölib ötgan Navoiy viloyati oçiq birinçiligida murakkab badiiy çiqişlarini ijro etgan Eʼzoza Baxtiyorova birinçi, Zarina Ilhomova birinçi, Madina Boltaboyeva, Gulnoza Amirova, Diana Leninovalar esa ikkinçi örinlarni yengib oldilar. Şuningdek, Toşkent şahrida bölib ötgan Özbekiston çempionatida Dilnura Mansurboyeva, Maşhura Otaxonova, Dilnura Soliyevalar birinçi, Maşhura Tilavova ikkinçi, Sevinç Murotboyeva uçinçi örinlarga loyiq körildi.
Aytiş joizki, tarbiyalanuvçilar bilan murabbiylarning qunt bilan şuğullanib, iqtidorlarini rivojlantirişga intilişlari özining totli mevalarini berayotir. Fikrimizning dalili sifatida aytadigan bölsak, 2019-yilda sportning şaxmat turidan Özbekiston çempionatida 1 ta kumuş, karate-WKF böyiça 2 ta bronza, özbek jang sanʼati böyiça 1 ta bronza, Osiyo çempionatida özbek jang sanʼati turidan 2 ta bronza, xalqaro turnirlarda boksdan 4 ta oltin, 1 ta kumuş, 5 ta bronza medallarini, Toşkent şahar oçiq kubogida taekvando- WTF turidan 2 ta bronza, badiiy gimnastika böyiça ötkazilgan turnirda 4 ta oltin, 4 ta kumuş, 1 ta bronza medallarini olişga sazovor bölişdi.
Sport maktabi tarbiyalanuvçilari jamoaviy öyinlarda ham muvaffaqiyatli qatnaşib kelmoqdalar. Xususan dzyu-do jamoasi Qoraqalpoğiston çempionatida 1-örinni, boks jamoasi 1-örinni, taekvando-WTF jamoasi ikkinçi, özbek jang sanʼati jamoasi birinçi örinni zabt etdi.
Albatta, erişilayotgan natijalarda sportçi ayol-qizlarning salmoqli hissalari bor.
Sport bugungi kunda öquvçi qizlar uçun nafaqat çiniqiş, jismoniy toblanib, soğlom böliş omili, balki, öz iqtidorini namoyon etadigan faoliyat turiga ham aylanmoqda.
Ha, sportda hikmat köp. Tumanimiz qizlari sport faoliyatida bu hikmatlarning köp qirralari namoyon bölayotir.
Biz fasli navbahor ila qadam-baqadam kirib keladigan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tumanimizning sportçi ayol-qizlarini qizğin muborakbod etib qolamiz. Ilohim, doimo barça musobaqalarda yuzlari yoruğ bölib, ğalaba naşidasini suriş baxti nasib etaversin!
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶