Tadbirkorlar jamoatchilik Kengashi yigʻilishi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi, Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi bilan birgalikda faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda tadbirkorlar jamoatchilik Kengashi tarkibi saylangan edi.
Shunga koʻra, tadbirkorlar jamoatchilik Kengashining ish rejasi belgilab olindi va tasdiqlandi. Ayni paytda Bosh vazir qabulxonasi, tuman hokimligi va boshqa tashkilotlar bilan doimiy ravishda hamkorlikda mazkur ish rejaga muvofiq ravishda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda tadbirkorlar jamoatchilik Kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan kengash aʼzolari tadbirkorlikka toʻsqinlik qilayotgan muammolar yuzasidan takliflarini bildirib oʻtdi. Mazkur takliflar keng muhokama etilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasiga taqdim etildi.
Taʼkidlash kerakki, tuman Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi, Adliya boʻlimi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashlari bilan hamkorlikda joylarda tadbirkorlarga sohadagi oʻzgarishlar, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirilmoqda. Tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha Tadbirkorlar qabulxonasi, jamoatchilik Kengashlari va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
M.Oʻrozboyev, Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶