"Kamolot" YoIH tuman Kengaşi taşkilotçiligidagi musobaqalar
Ona Vatanga xizmat qiliş — bugun mustaqil mamlakatimiz hududlarida kamol topayotgan har bir öğlonning ezgu maqsadi. Uşbu şarafli orzuni qalbiga jo etgan yigitlarimizga Vatan himoyaçisi bölişdek faxru iftixor yanada ulkan kuç-ğayrat baxş etmoqda. Öquvçi yoşlarni Qurolli Kuçlar saflariga — harbiy xizmatga, oliy harbiy bilim yurtlariga kirişga tayyorlaş, ösib kelayotgan yoş avlod qalbida Vatanga sadoqat tuyğularini şakllantiriş maqsadida ötkazilayotgan uç bosqiçli «Şunqorlar» harbiy-sport musobaqalari bugungi kunga kelib özining katta samarasini bermoqda. Bu musobaqalarda ösmirlar toblanadi, çinakam Vatan himoyaçisi bölib şakllanadi. Negaki, Vatanimizning ertangi kuni, mamlakatimiz kelajagi maʼnan yetuk, jismonan barkamol yoş avlod qölida.
«Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi, Respublika örta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi boşqarmasi, madaniyat va sport işlari vazirligi, Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Respublikamizdagi barça hududlaridagi kasb-xunar kollejlari va akademik litsey öquvçi yoşlari örtasida «Şunqorlar» harbiy sport musobaqalarining birinçi bosqiçi yuqori saviyada ötkazildi.
Musobaqalarning tuman bosqiçi ham qiziqarli va murosasiz bellaşuvlarga boy böldi. Musobaqa yakunlariga köra Amudaryo akademik litseyining «Amir Temur vorislari» jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi va keyingi bosqiç yöllanmasiga ega böldi.
Yoşlarning huquqiy bilim va tafakkurini yuksaltiriş taʼlim-tarbiya sohasida olib borilayotgan izçil islohotlar jarayonining tarkibiy qismini taşkil etadi. Respublikamiz böylab anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan "Siz qonunni bilasizmi?" körik-tanlovi ham şu maqsadga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz yoşlari örtasida huquqiy taʼlim-tarbiyani takomillaştiriş, jamiyatda qonun ustuvor bölişiga erişiş, amaldagi qonunlar mohiyatini ösib kelayotgan yoş avlodga tuşuntiriş, huquqiy demokratik davlat barpo etişda yoşlarning iştirokini taʼminlaş, Prezident Farmonlari, Özbekiston Respublikasi Qonunlariga yoşlarda hurmat bilan qaraş tuyğularini, ona Vatanga muhabbat, kelajakka işonç ruhini şakllantiriş, qonunlar tarğiboti orqali yoşlar va ösmirlar örtasida huquqbuzarlik holatlari, jinoyatçilik illatlarining oldini oliş hamda butunlay bartaraf etiş yölida bir qator xayrli işlar qilinmoqda. Şu maqsadda tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati Amudaryo tuman bölimi Kengaşi, jinoyat işlari böyiça tuman Sudi hamda tuman içki işlar bölimi bilan hamkorlikda anʼanaviy "Siz qonunni bilasizmi?" körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.
Bu tanlovda tumanimizdagi akademik litsey va barça kasb-hunar kollejlarining talaba –öquvçi yoşlari özaro kuç sinaşdilar. Tanlov yakunlariga köra Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kollejining "Adolat qonunlari” jamoasi 1-örinni egalladi va tanlovning navbatdagi hududiy bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi. Ğolib jamoalar hamda iştirokçilarga "Kamolot" yoşlar ijtimoiy harakatining tuman kengaşi tomonidan sovğalar, diplom va fahriy yorliqlar topşirildi.
Şaxar va tumanlardagi çaqiriqqaça tayyorgarlik yoşidagi talaba va öquvçi-yoşlarini harbiy bilim yurtlariga öqişga kirişga ruhan va jismonan tayyorlaş, ular örtasida Vatanga muxabbat, xarbiy vatanparvarlik ğoyalarini tarğib qiliş, yoş avlodda Davlat çegaralariga nisbatan xurmat tuyğusini şakllantiriş, Vatanimiz xavfsizligini taʼminlaş uçun ularning maʼsuliyatini kuçaytiriş maqsadida tumanimizdagi 3-sonli Manğit çegara posti, «Kamolot» yoşlar ijtimoiy Harakati tumani bölimi Kengaşi bilan xamkorlikda tumandagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida faoliyat yuritib kelayotgan «Yoş çegaraçilar» klublari örtasida musobaqa ötkazildi.
Musobaqada örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining 6 ta jamoalari iştirok etib, hakamlar hayʼatining xulosasiga köra Qiliçboy maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kollejining «Yoş çegaraçilar» jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi va musobaqaning navbatdagi - Qoraqalpoğiston Respublikasi boskiçi yullanmasiga ega böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶