HAMDAMNING ÖQUVÇILARI ORASIDA IQTIDORLILARI KÖP
Hamdam Rajabov 55-sonli maktabda öquvçilarga jismoniy tarbiya fanidan dars beradi. Pedagoglik faoliyatini boşlaganiga endigina 5-yil bölişiga qaramay, u birgalikda mehnat qilayotgan jamoada öz uslubiga ega, intiluvçan öqituvçi sifatida tanildi.
Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş va ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş böyiça Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim taşabbusning har bir bandi dars rejalarimizga kirdi, - deydi Hamdam Rajabov. - Ösib kelayotgan yoş avlodni jismonan baquvvat, maʼnan barkamol insonlar qilib tarbiyalaşda sportning roli ğoyat muhim.
Aslida katta sportga ilk qadam umumtaʼlim maktablaridagi jismoniy tarbiya fanidan boşlanadi. Buni yaxşi his etgan Hamdam Rajabov har bir öquvçining şaxsiy qiziqiş, isteʼdodiga alohida eʼtibor beradi. Şu asosda öquvçilari bilan alohida şuğullanişdan aslo çarçamaydi.
Darvoqe, maktabda şaşka, şaxmat, futbol, voleybol tögaraklarining aʼzolari orasida iqtidorli öquvçilar köp. 2019-2020 öquv yilida 1-, 4-, 5-, 6- va 7-8-sinflar öquvçilari “Umid nihollari” sport musobaqalarida muvaffaqiyatli iştirok etdilar. Musobaqaning şaxmat sporti turida 1-sinf öquvçisi Zokirjon Rustamov tumanda faxrli 1-örinni egallab, musobaqaning Respublika bosqiçiga yöllanma oldi. Qizlar örtasida 1500 metr masofaga yuguriş musobaqalarida 5-sinf öquvçisi Dinora Ozodova ham musobaqaning tuman bosqiçida 1-örin sohibasi böldi.
Joriy yilning 10-yanvar kuni “Umid nihollari” sport musobaqalari dasturidagi sportning badiiy gimnastika turi böyiça 1-4-sinflar öquvçi-qizlari örtasidagi bellaşuvlarda Asal Arabboyeva ham 1-örinni egallab, musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldi.
Maktabda Hamdam Rajabov kabi öz kasbining çinakam fidoyilari köp. 5 ta taşabbus doirasidagi işlarni hamjihatlik bilan öquvçi-yoşlar hayotiga tatbiq etiş, kitobxon yoşlar safini yanada oşiriş, kompyuter savodxonligini östiriş, sanʼat va sportga bölgan qiziqişlarini doimiy rağbatlantirib, öz isteʼdodlarini namoyon etişlariga kömaklaşiş – pedagogik jamoaning hamjihatlikdagi işiga aylangan. Şu bois, Abbos Safarboyev, Odilbek Rahimov kabi ustoz-murabbiylarning har bir darsi öquvçilar uçun hamişa qiziqarli.
Taʼlim tizimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor biz öqituvçilarni yanada fidoyilik bilan işlaşga undaydi, - deydi Hamdam Rajabov.
R.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶