“POLVONBOY OVULI” MÇJ BIR KUNDA IKKI YaNGI TsEX FAOLIYaTINI YÖLGA QÖYDI
Tölqin ovulida faoliyat yuritayotgan “Polvonboy ovuli” masʼuliyati çeklangan jamiyati asosan çorvaçilik mahsulotlari yetiştirişga asoslangan. Hozirgi kunda 200 tadan ziyod qoramol parvarişlanayotgan bölsa, şularning 110 boşdan ziyodini zotdor mollar taşkil etadi, 75 boşi 2019-yilda Ukraina davlatidan keltirilgan edi. Mavjud qoramollarni parvarişlaş uçun korxonaga qaraşli 47 gektardan ziyod maydonda ozuqabop ekinlar yetiştiriladi va töyimli ozuqa tayyorlanib, belgilangan meʼyorda beriladi.
Maʼsuliyati çeklangan jamiyatda har yili göşt, sut yetiştiriş rejalari ortiği bilan bajarib kelinayapti. Korxonada yetiştirilayotgan çorvaçilik mahsulotlarini qayta işlaş maqsadida şu yil 22-yanvar kuni Tölqin ovuli markazida qaymoq işlab çiqariş tsexi işga tuşirildi. Jamiyatning öz mablaği va “Xalq banki” Manğit filialining 285 milliondan ziyod kredit mablaği evaziga Italiyadan keltirilgan zamonaviy texnologiya kuniga 1 tonna qaymoq tayyorlaş imkonini beradi. Smetana, kefir, qatiq, yogurt ham işlab çiqariş yölga qöyilmoqda.
“Polvonboy ovuli” masʼuliyati çeklangan jamiyatida avval 6 nafar tölqinliklar iş bilan band bölgan bölsa, qaymoq işlab çiqariş tsexi işga tuşirilişi bilan yana uçta yangi iş örni yaratildi.
Tsexning işga tuşirilişiga bağişlangan yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, ovul faollari iştirok etdilar va iş boşlayotgan tsex faoliyati yurtdoşlarimizni arzon, sifatli va mahalliy çorvaçilik mahsulotlari bilan taʼminlaşda muhim hissa bölib qöşilişiga işonç bildirdilar.
Şunisi eʼtiborliki, yangilikka intiluvçan, izlanuvçan va mehnat faoliyatini kengaytirişga harakat qilayotgan “Polvonboy ovuli” MÇJ rahbariyati qaymoq işlab çiqariş tsexi bilan birgalikda şu yerning özida non pişiriş tsexini ham bunyod etdi. Natijada ovulning yana uç fuqarosi doimiy iş örniga ega böldilar.
Kuniga talabga qarab 1000 taga non, qolipli non, baton non va non mahsulotlari işlab çiqariş quvvatiga ega tsex işga tuşirilişi ovul hayotida muhim voqea böldi.
Tuman hokimi S.Yöldoşev tsexdagi tayyorlangan ilk mahsulotlarga ulkan baho berdi va yurtdoşlari uçun ana şunday xayrli işlarni amalga oşirayotgan uçun korxona rahbari Mansur Xöjaahmedovga ulkan minnatdorçilik bildirdi.
Mamlakatimizda tadbirkorlikka, işbilarmonlikka keng yöl oçilayotgani ovul yoşlarining doimiy iş örniga ega bölişi, yurtimiz farovonligiga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶