AMUDARYoLIK IJODKOR YoŞLAR BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
Yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşiriş borasida erişilgan natijalarni tahlil qiliş, yoşlarning bugungi faoliyati va qiziqişlari bilan yaqindan tanişiş, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlaş va hal qiliş maqsadida Pespublika işçi guruhi 16-yanvar kuni Amudaryo tumanida bölib, tumanning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yoşlar bilan uçraşdilar va yoşlarning öz sohalari böyiça erişayotgan yutuqlari, şu barobarida ular hayoti va faoliyati bilan boğliq muammolari bilan yaqindan tanişdilar. Orzu-intilişlari, muammolari yuzasidan bergan savollariga atrofliça javob berdilar.
Şuningdek, işçi guruh aʼzolari ÖzMTDP Toşkent şahar Kengaşi raisining Oila va ayollar masalalari böyiça örinbosari Vasila Fayziyeva boşçiligida amudaryolik ijodkor yoşlar bilan ham uçraşdilar.
Darvoqe, Amudaryo tumanida öz uslubi, öz ovoziga ega ijodkor yoşlar talaygina. Tumanning ijtimoiy-siyosiy naşri – “Taraqqiyot közgusi” va uning ilovasi “Mening oilam” gazetalari tahririyati qoşidagi “Jayxun ilhomlari” NNT faoliyatida faol iştirok etayotgan Iroda Yerdoşeva, Aziza Örozboyeva, Qunduzoy Yusupova, Begzod Allaqulov, Javohir Yöldoşev, Umida Yerdoşeva, Aziza Madrahimova, Şahlo Qurolova, Şokir Hayit kabi ijodkor yoşlarning ilk şeʼriy töplamlari çop etilib, allaqaçon öz muxlislarini topgan.
Aziza Madrahimova, Qunduzoy Yusupova va Iroda Yerdoşevalar öz ijodlari bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi adabiy jamoatçiligiga yaxşi taniş.
Vasila Fayziyeva boşçiligidagi Işçi guruh aʼzolari amudaryolik ijodkor yoşlar iştirokidagi muşoira keçasida qatnaşib, ularning ijodiy faoliyatlari bilan yaqindan tanişdilar. Ijodkor yoşlar özlarining ona Vatanni, mehr-oqibat, millatlararo totuvlik, tinçlikni madh etuvçi şeʼrlarini öqib berdilar, kuy va qöşiqlar ijro etdilar. Şu bilan birga özlarini qiziqtirgan savollarga işçi guruh tomonidan qoniqarli javoblar olişdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶