“Umid nihollari 2020” sport musobaqasi yosh sportchilarni yanada ulkan yutuqlar sari ragʻbatlantirdi
Sportning ommaviyligini taʼminlash, ayniqsa, yoshlarni sport turlariga keng jalb qilish orqali jismonan sogʻlom boʻlib ulgʻayishlariga erishish muhim vazifa boʻlib hisoblanadi. Shu maqsadda umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari orasida oʻtkazilayotgan turli sport musobaqalarida iqtidorli oʻquvchilar tanlanib, oʻzlarining qiziqishlariga koʻra muntazam shugʻullanishlariga sharoit yaratilmoqda.
Shu yil 9-yanvar kuni tumanimizda boʻlib oʻtgan “Umid nihollari 2020” sport musobaqasining tuman bosqichi ham qobiliyatli oʻquvchilarni aniqlashga, ularni yanada ulkan yutuqlar sari ragʻbatlantirishga asos boʻldi
Ushbu musobaqada bizning 11-sonli maktabimiz oʻquvchilari ham faol ishtirok etib, quvonarli natijalarni qayd etdilar. Xususan, gandbol turidan 5-,6-sinflar oʻquvchilaridan iborat jamoa faxrli 2-oʻrinni, 7-,8-sinflar oʻquvchilaridan tuzilgan jamoa esa 3-oʻrinni egalladi.
Erishilgan natija biz jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini oʻquvchilar bilan dars mashgʻulotlarini samarali olib borishimiz, ularning sportga qiziqishlarini yanada oshirishimiz, muntazam shugʻullanishlarini taʼminlashimiz lozimligini koʻrsatdi.
Shoxruh Ollamberganov, 11-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶