14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 02:33
Siyosat 👁 5,166

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video)

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video)

2020-yil 15-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlar, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi Paisi Qahramon Sariyev, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Pespublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talabidan kelib chiqib, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasini tuman saylov komissiyasi tavsiyasiga koʻra 8-Boʻston saylov okrugidan saylangan deputat Maxsud Saʼdullayev olib bordi.

Kun tartibidagi birinchi masala, yaʼni 2019-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan saylovning va 2020-yil 5-yanvardagi takroriy ovoz berishning natijalari boʻyicha tuman saylov komissiyasi raisi Moʻminjon Matyusupov axborot berdi.

Axborotda taʼkidlanganidek, saylovlar qonun talablariga koʻra, demokratik tamoyillar asosida oʻtkazildi. Saylov natijalariga koʻra 30 ta okrugdan 30 nafar deputat xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining deputati qilib saylandi.

Deputatlar saylov natijalari boʻyicha tuman saylov komissiyasi raisining axborotini maʼlumot uchun qabul qildilar.

Sessiya kun tartibidagi ikkinchi, yaʼni “Amudaryo tumani hokimini tayinlash toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisining farmoyishini tasdiqlash haqida”gi masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi Paisi Qaxramon Sariyev soʻzga chiqdi.

Vazirlar Kengashi Paisi Sultonboy Pajapbayevich Yoʻldashevni Amudaryo tumani hokimini lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisining farmoyishini oʻqib eshittirdi. Shuningdek, u oʻz soʻzida butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab, bu ishlarda tuman hokimi Sultonboy Pajapbayevich Yoʻldashevning hissasi borligini alohida eʼtirof etdi.

Ushbu masala yuzasidan 13-Qilichboy saylov okrugidan deputat, Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi Baxram Qadirov va 4-Doʻstlik saylov okrugidan deputat, Oʻzbekiston Liberal Demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi raisi oʻrinbosari - apparat rahbari Muqaddas Beknazarova soʻzga chiqib, nomzod toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining qarori qabul qilindi va Sultonboy Pajapbayevich Yoʻldashevni Amudaryo tumani hokimini lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisining farmoyishi bir ovozdan tasdiqlandi.

Shundan keyin Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, oʻziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib harakat qilishini hamda xalq farovonligi va jamiyat ravnaqi yoʻlida fidoyilik bilan ish olib borishini taʼkidlab oʻtdi.

***

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi qisqa tanaffusdan keyin Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev raisligida davom etdi.

Sessiyada deputatlar xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Peglamenti va Kengash doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqladilar.

Shuningdek, Kengash qarori bilan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun hamda xalq deputatlari tuman Kengashi Peglamentiga muvofiq tuman Kengashidan saylangan deputatlar ishtirokida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Ekologik partiyasining deputatlar guruhlari roʻyxatga olindi.

Sessiyada shuningdek, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalariga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash uchun jamoatchilik asosida faoliyatni amalga oshiruvchi doimiy komissiyalar tuzish va ularning raislarini saylash masalasi ham muhokama qilindi.

Kengash qarori bilan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tuzilib, unga deputat Muqaddas Beknazarova, qonuniylikni taʼminlash va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha doimiy komissiya tashkil qilinib, unga deputat Mansur Oʻrozboyev, ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya tuzilib, unga deputat Gulzoda Eshimbetova rais qilib saylandi. Shuningdek, xalq deputatlari tuman Kengashining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tashkil qilinib, unga deputat Bahodir Baltabayev, sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʻjaligi masalalari va aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha doimiy komissiya tuzilib, unga deputat Maqsud Saʼdullayev, agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi tashkil qilinib, unga deputat Ilhom Polvonov hamda reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiya tashkil qilinib, unga deputat Saʼdulla Sodiqov rais qilib saylandi.

Shuningdek, Kengash qarori bilan deputatlar orasidan mazkur doimiy komissiyalarning aʼzolari ham saylandi.

Sessiyada Oʻzbekiston Pespublikasi Saylov kodeksiga asosan Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qoʻshma majlisining Maslahat Kengashi aʼzoligiga nomzod tavsiya qilish masalasi ham muhokama qilindi.

Kengash qarori bilan 20-Kuyukkoʻpir saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Gʻulomjon Yeshniyozov Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qoʻshma majlisining Maslahat Kengashi aʼzoligiga nomzod sifatida tavsiya qilindi.

Sessiyada “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi deputatining guvohnomasi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Kengashining Qaroriga asosan yangidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga “Tuman kengashi deputati” koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Sessiya soʻngida Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldoshev soʻzga chiqib, deputatlarning kelgusi 5-yil ichida xalqimiz ishonchini oqlab, davlat va jamiyat rivojiga hissa qoʻshishdek xayrli ishlarida omad tiladi.

Shuning bilan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019