Boğdorçilik xöjaliklari uçun seminar-trening ötkazildi
18-19-dekabr kunlari Amudaryo tumanida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Özbekistonning tanlangan hududlarida iqtisodiyotning rivojlanişiga kömak” loyihasi doirasida “Meva yetiştiriş zamonaviy texnologiyalari – yangi intensiv boğlar taşkil qiliş va mavjud boğlar unumdorligini oşiriş” mavzusida amaliy seminar-trening ötkazildi.
Tumandagi boğdorçilikka ixtisoslaşgan dehqon va fermer xöjaliklari vakillari hamda qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislari iştirok etgan seminar-treningda dastlab yangi intensiv boğlarni taşkil etiş, şu jumladan yer tanlaş va köçat ekiş uçun unga işlov beriş, hududiy şaroitlardan kelib çiqib, köçat turi, payvandtagi va navlarini tanlaş, yangi ekilgan daraxtlar uçun şakl beriş tizimlarini tanlaş, yangi barpo etilgan boğlarning suv va öğitlantirişga bölgan talablari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Bundan taşqari, mavjud boğlarning samaradorligi oşiriş, jumladan, boğlarda köp uçraydigan asosiy muammolarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş böyiça çora tadbirlari, tinim davrida şakl beriş va u bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş, tinim davrida mevali daraxtlarga qöllanilişi mumkin bölgan ozuqalar, boğlarni qişga samarali tayyorlaş va kuzgi agrotexnik tadbirlar haqida maʼruzalar öqildi.
Loyiha doirasida seminar-treningga jalb qilingan malakali mutaxassislar trening iştirokçilariga kuz va qiş oylarida zamburuğ, bakterial va virusli kasalliklar haqida maʼlumotlar ham berişib, ularga qarşi kuraş çoralari haqida ilmiy asoslangan usullarni tuşuntirib ötdilar.
Maʼlumki, 2019-yil 11-dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavotçilik va uzumçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş, sohada qöşilgan qiymat zanjirini yaratişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori imzolandi. Mazkur qaror bilan qişloq xöjaligida foydalanilmayotgan oçiq yer maydonlari, hosildorligi past bölgan paxta va ğalladan böşagan maydonlar, yaroqsiz deb topilgan boğ va tokzorlar joylaşgan yerlarda intensiv boğ va tokzorlar barpo etiş, issiqxonalar quriş hamda ularni aholiga lizing va kredit şartlari asosida, şu jumladan, tijorat banklari va lizing kompaniyalari orqali beriş, keyinçalik ular negizida qişloq xöjaligi birlaşmalari va meva-sabzavot klasterlari tuziş böyiça topşiriqlar berilgan.
Mazkur loyiha ham boğlar unumdorligini oşiriş, intensiv boğlar taşkil qiliş orqali olinayotgan hosil hajmi va sifatini oşirişni közda tutadi.
Seminar-treningning ikkinçi kunida iştirokçilar uçun “Qoraqalpoq agrokimyo himoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyati tuman filialiga qaraşli intensiv boğda amaliy maşğulotlar ötkazildi. Mazkur boğning umumiy yer maydoni 7,6 gektar bölib, 2013-yilda taşkil qilingan.
Dala amaliyoti davomida mutaxassislar taʼkidlaganlaridek, ob-havo issiq kunlari katta yoşdagi mevali daraxtlarga şakl berib, butaş, siyraklaştiriş işlarini boşlaş mumkin. Birinçi galda, katta yoşdagi olma, nok va boşqa uruğli meva daraxtlar butaladi. Boğlar mavsumda yetarliça suğorilmagan bölsa, tuproqda namlikni saqlaş uçun dekabr oyida boğ-tokzorlarga yaxob suvi beriladi. Bunda har bir gektarga bir yarim – ikki ming kub metr suv sarflanib, 4-5 kun davomida suğoriladi. Şörlangan yerlar atrofidagi kollektor va zovurlar tozalanadi. Yangi boğ va tokzorlar barpo etiş maqsadida, ajratilgan yerlarga 30-40 tonna mahalliy öğit hamda 300-400 kg fosfor va kaliyli öğitlar solinib, maydon 35-40 sm çuqurlikda haydab qöyiladi.
Seminar-treningda boğlarda amalga oşirilişi lozim bölgan agrotexnik tadbirlar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶