AMUDARYoLIK SANʼATKORLARGA LITsENZIYaLAR TOPŞIRILDI
Xalqimizning qutluğ kunlari, töy-tantanalarni sanʼatkorlarsiz tasavvur qilib bölmaydi. Ular ijro etgan kuy-qöşiqlar köngillardagi şodu xurramlikning, ezgu niyatlarning, tilaklarning ifodaçisidir.
Keyingi yillarda töy-marosimlarni ötkazişda milliy urf-odatlarimizni, umrboqiy anʼanalarimizni mensimaslik holatlariga duç kelayotgan edik. Töylar xuddi kimlarningdir “bori”ni köz-köz qilişi uçun ötkazilayotganday edi. Şuningdek, sanʼatkorlarning xizmat körsatişida ham kamçiliklarga yöl qöyilayotgan edi.
Şu yilning 14-sentyabrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senati Kengaşlarining “Töylar, oilaviy tanatanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida” qöşma qarori qabul qilindi. Uşbu qarorga muvofiq “Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş töğrisida” Nizom tasdiqlandi. Nizomda töy-marosimlarni ötkazişdagi kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari belgilangan. Xususan, kelgusi yilning 1-yanvaridan boşlab bu borada qatʼiy tartib amal qila boşlaydi.
Şu munosabat bilan töy-maʼrakalarda xizmat körsatuvçi töyxonalar, avtotransport vositalari egalari, sanʼatkorlar xizmat körsatiş huquqini beruvçi litsenziya olmoqdalar.
Albatta, jamiyatimizda amal qilayotgan qonun-qoidalarni hurmat qiliş, ularga böysuniş har bir fuqaroga daxldor vazifadir. Buni tumanimiz sanʼatkorlari ham sidqidildan his qilmoqdalar.
Şu yilning 14-dekabrida tuman Madaniyat bölimida bölib ötgan tantanali yiğiliş ham fikrimizning isbotidir. Yiğilişda “Özbekkontsert” davlat muassasasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimining litsenziyalaş bölimi mudiri Allambergan Ötepov tumanimizga taşrif buyurib, öz sörovlariga köra, tumandagi bir guruh sanʼatkorlarga töylar va oilaviy tantanalarda qonun hujjatlariga muvofiq şartnoma asosida xizmat körsatiş huquqini beruvçi litsenziyani tantanali suratda topşirdi.
Yiğilişda sanʼatkorlar orasida bu borada keng tuşuntiriş işlarini olib borgan tuman Madaniyat bölimi maʼmuriyatiga, Amudaryo televideniyesiga va suxandon Ergaş Otayevga “Özbekkontsert” davlat muassasasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimining Taşakkurnomalari ham topşirildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶