TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞDA YuQORI SIFAT VA SAMARADORLIKKA ERIŞILAYaPTI
Amudaryo tumanida taşkil etilgan qişloq oilaviy poliklinikalari orasida Dörman ovuli, Bözsolma va Qoramon mahallalari aholisiga tibbiy xizmat körsatuvçi 2-sonli qişloq oilaviy poliklinikasining örni alohida. Çunki uşbu oilaviy poliklinikada aholi-ga tibbiy xizmat kör-satişning sifat va samaradorligi ança yuqori.
Ayni kunda umumiy amaliyot şifokori Zokir Rahimboyev mudirlik qilayotgan uşbu oilaviy poliklinikada faoliyat körsatayotgan 6 nafar vraç, 22 nafar örta tibbiyot xodimi va 11 nafar patronaj hamşiralar jami 2022 xonadonda yaşayotgan 10615 nafar aholiga tibbiy xizmat körsatişda yaxşi natijalarga erişmoqda.
2-sonli oilaviy poliklinika tomonidan tibbiy xizmat körsatiladigan hududda tuğiş yoşidagi ayollar 2819 nafarni, 18 yoşgaça bölgan ösmirlar 3542 nafarni, katta yoşdagi kişilar esa 7073 nafarni taşkil etadi. Oilaviy poliklinika hisobidan tibbiy xizmat körsatayotgan 11 nafar patronaj hamşiralar özlariga biriktirilgan hududlardagi xonadonlarda tez-tez bölişib, aholi örtasida tarqalişi mumkin bölgan turli kasalliklarning oldini olişda fidoyilik qilmoqdalar.
Oilaviy poliklinika şifokorlarining öz faoliyatlariga katta masʼuliyat bilan yondaşayotganliklari sababli onalar va bolalar ölimining oldini oliş böyiça yaxşi natijalarga erişilmoqda. Ötgan 10 oy davomida hudud böyiça 182 nafar ayol soğlom farzandlarni dunyoga keltirdi. Ayni kunda 127 nafar homilador ayollar holidan xabar olinib, ularga zarur bölgan barça turdagi yordamlar körsatib borilayapti.
Uşbu hududda 5 ta maktab mavjud bölib, öquvçi-yoşlarning soğliği ham doimiy tibbiy nazoratda.
Muassasada arzon va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvini amalga oşiriş maqsadida ijtimoiy dorixona taşkil etilgan bölib, unda dorişunos Nargiza Vaisova faoliyat körsatayapti.
Ayni kunda 2-sonli qişloq oilaviy poliklinikasida şifokorlardan M.Eşçanova va X.Ermatovalar, laborant A.Boltaboyeva, katta hamşira N.Vaisova, patronaj hamşiralari H.Bekçanova, G.Ollamberganova, S.Yöldoşeva, Yo.Matmuratova, G.Kazakova va röyxatga oluvçi B.Xolmurodovalar fidoyi mehnatlari bilan aholi salomatligini saqlaş borasidagi xayrli işlarga özlarining munosib hissalarini qöşmoqdalar.
Biz 2-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi jamoasini Tibbiyot xodimlari kuni bayrami bilan muborakbod etamiz.
Allambergan JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶