Tuman madaniyat markazida hisobot kontserti ötkazildi
Mamlakatimizda madaniyat va sanʼatni qöllab-quvvatlaş, milliy madaniy va maʼnaviy merosni saqlaş hamda köpaytiriş, xalqimizni milliy va jahon madaniyatining eng yaxşi namunalari bilan taniştiriş, moddiy-texnik bazani yaxşilaş va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlaş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Maʼlumki, barça tarmoqlar qatori madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirişga ham katta eʼtibor qaratilib, bu borada keng qamrovli işlar qilinmoqda. Viloyat, şahar va tuman markazlarida mavjud madaniyat markazlari qayta rekonstruksiya qilinib, çekka hududlarda yangi madaniyat markazlari barpo etilmoqda. Madaniyat va sanʼat jonkuyarlari uçun barça şaroitlar yaratilmoqda.
Tumanimizdagi madaniyat markazi bir neça yillardan buyon özining samarali faoliyatini olib bormoqda. Madaniyat markazida barça madaniyat va sanʼat ixlosmandlari uçun turli xil tadbirlar va kontsert dasturlari taşkil qilinib kelinmoqda. 4-noyabrʼ kuni bölib ötgan tuman madaniyat markazi hisobot kontserti şular jumlasidandir. Madaniyat markazi kontsertlar zalida xalq jamoalarining yil yakuniga bağişlangan hisobot kontsertida repertuarlaridagi kuy, aşula va raqs, tsirk tomoşalarini xalqimiz eʼtiboriga havola qildilar.
Yoşlarning madaniy saviyasini yuksaltiriş, ularni milliy va umumbaşariy madaniyatning eng yaxşi namunalaridan bahramand etiş, şu asosda maʼnaviy yetuk, barkamol şaxslarni tarbiyalaş, yoş isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini röyobga çiqariş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Bularning natijasi esa ularning erişayotgan yutuqlarida közga taşlanmoqda.
Hozirgi kunda tuman madaniyat markazida 3 ta xalq jamoasi faoliyat olib bormoqda. Bular «Uçqun», «Ofarin», «Jayxun möʼjizasi» jamoalaridir. Jumladan, «Uçqun» aşula va raks xalq ansambli 1963-yilda tuman Markaziy madaniyat uyida taşkil kilingan bulib, 1973-yilda «Çaşma» körik-tanlovida «Qirk qiz» ansambli bilan qatnaşib «Xalq ansambli» unvoni olişga sazovor bölgan. 28 kişidan iborat ansamblga Anvar Xudayberganov badiiy, yoş isteʼdod soxibi bölgan Vaxobjon Abdullayev musikiy raxbar , Dilfuza Bobojonova raqs örgatuvçi (baleytmeyster) lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.
«Ofarin» folklor etnografik ansambli öz faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erişib kelmoqda. Özbekiston Pespublikasi Madaniyat Vazirligi qaroriga binoan 2008-yil 1-noyabrda havas korlik sanʼatini rivojlantirişdagi, milliy qadriyatlarni tiklaşdagi faol xizmatlari xamda yuksak ijroçilik mahorati uçun hozirda 15 nafar aʼzosiga ega bölgan «Ofarin» folʼklor etnografik ansambliga «Xalq havaskorlik jamoasi» unvoni berildi.
«Jayxun möʼjizasi» anʼanaviy saxna tsirk havaskorlik jamoasi 1983-yilda tuman madaniyat uyi qoşida taşkil kilingan. 2009-yil 24-aprelda tuman Madaniyat markazining «Jayxun möʼjizasi» anʼanaviy tsirk guruhiga «Xalq havas korlik jamoasi» unvoni berildi. «Jayxun möʼjizasi» anʼanaviy saxna tsirki xalq jamoasi hozirda 8 nafar aʼzosiga ega. Xalq jamoalari har yili yil yakuni bilan özlarining faoliyati böyiça hisobot kontsertlarini ötkazib kelmoqdalar.
Tuman madaniyat markazi xalq jamoalari barça bayram tadbirlari, Pespublika va tuman miqyosidagi körik tanlov va festivallarda faol qatnaşib, madaniyat, sanʼatning rivojlanişiga özlarining beqiyos xissalarini qöşib kelmoqdalar.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶