SINF KONTsERT DASTURI NAMOYIŞ ETILDI
9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida 8 ta yönaliş böyiça 281 nafar öquvçi-yoşlar sanʼat sirlarini qunt bilan örganişmoqda. Maktab öquvçilari nafaqat tumanda, balki Qoraqalpoğiston Respublikasi va mamlakat miqyosidagi turli körik-tanlovlar, musiqa va sanʼat festivallarida muvaffaqiyatli iştirok etib kelişmoqda. Ayniqsa, anʼanaviy xonanda va ijroçilik, xalq çolğu sozlari yönalişlarida tahsil olayotgan öquvçilar erişayotgan yutuqlar quvonarli. Ular musiqa va sanʼat maktablari öquvçilari örtasida har yili ötkazilib kelinayotgan körik-tanlovlarda doimiy ravişda 1- va 2-örinlarni egallab kelişmoqda.
- Bunda öquvçilar bilan olib borilayotgan maşğulotlardagi uzviylik asosiy omil bölmoqda, - deydi musiqa va sanʼat maktabi direktori Y.Abdalov. – Har bir çorak böyiça belgilangan dars-maşğulotlari yuzasidan sinf kontsertlari taşkil etiladi. Sinf kontsertida ham öquvçining iqtidori, ham öqituvçining darslarni qay darajada olib borgani va şu orqali öquv yilining çoraklik uçun belgilangan rejalarining bajarilişi amalda namoyon böladi.
26-oktyabr kuni bolalar va musiqa va sanʼat maktabining xalq çolğulari bölimi öqituvçilari Zokir Fayzullayev, Şuhrat Saidov, Murodboy Eşimbetovlar 2019-2020 öquv yilining 1-çoragi uçun belgilangan rejaga muvofiq sinf kontsertini taşkil etdilar. Kontsertda öquvçilar özlari örgangan yangi kuylarni maroq bilan ijro qilişdi. Dutor, rubob, doira kabi xalq çolğulari sadolaridan köngillar zavq-şavqqa töldi.
Ayni kunlarda 9-sonli musiqa va sanʼat maktabining iqtidorli öquvçilari bolalar musiqa va sanʼat maktablari öquvçilari örtasida bölib ötadigan anʼanaviy körik-tanlovlarga puxta hozirlik körişmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶