16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:23
Sport 👁 580

STOL TENNISI BOʻYIChA QOPAQALPOGʻISTON ChEMPIONATI OʻTKAZILDI

STOL TENNISI BOʻYIChA QOPAQALPOGʻISTON ChEMPIONATI OʻTKAZILDI

Sport - bu sogʻlom hayot kechirishning birlamchi omilidir.  U taʼlim va tarbiyaning ajralmas boʻlagi hamda sogʻlom va barkamol avlodni shakllantirishning asosiy tayanchidir.   Chu sababli ham yurtimizda sogʻlom avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanib,  jismoniy tarbiya va sport rivojiga katta eʼtibor qaratilmoqda.  Bu esa oʻz navbatida sportchilarimizning erishayotgan yuksak yutuqlari va jahon darajasidagi sport inshootlarining barpo etilayotganida aks etmoqda.   Davlatimiz tomonidan yoshlarni sportga jalb qilish,  ularni sport sohasida yurtimiz ravnaqini yanada yuksaltirishlari uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilmoqda.   Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda sportchilarimiz nafaqat Respublikamizda,   balki jahon arenalarida yurtimiz bayrogʻini yuqori koʻtarishmoqda. 

Sportchilarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishlari,  oʻz qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun turli xil sport musobaqalari tashkil qilinayotgani esa sportchi yoshlar safining oshishiga xizmat qilmoqda.  

Tumanimizda 23-26-oktyabr kunlari Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sportning stol tennis turi boʻyicha 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chempionati oʻtkazildi.  Musobaqada Nukus shahri,   Amudaryo,   Beruniy,   Toʻrtkul,   Taxyatosh,   Qoʻngʻirot,   Taxtakoʻpir,   Xoʻjeyli tumanlari sportchilari ishtirok etdilar. 

Musobaqa natijalariga koʻra oʻgʻil bolalar oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni Nukus shahridan Erniyaz Oʻtepbergenov,   2-oʻrinni Davlet Muratboyev,   3-oʻrinni esa Amudaryo tumanidan Dastonbek Jumanazarov va Jonibek Baxtiyorovlar egalladilar.   Qizlar oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni Nukus shahridan Aygul Atabayeva,  2-oʻrinni amudaryolik Sevinch Rajapova,   3-oʻrinni esa Nukus shahridan Kunsuluv Qoʻshmuratova va Taxiyatosh tumanidan Munisa Jalgʻasova egalladilar.  

Chempionatda bahslar aralash juftlik va juftlik jamolar oʻrtasida ham oʻtkazildi.   Aralash juftlik musobaqalari natijalarida koʻra faxrli 1-oʻrinni Nukus shahridan Salomat Qadrimbetov va Laylo Allaberganovalar egalladilar.   Chuningdek,   oʻgʻil bolalar oʻrtasida juftlik bahslarda Amudaryo tumanidan Akbar Qurbonboyev va Ruslanbek Marksovlar faxrli 1-oʻrinni egalladilar.  Chempionat gʻoliblariga medallar va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Mazkur chempionat yurtimizda bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi sifatida koʻplab yosh iqtidor egalarini kashf qildi.  Unda ishtirok etgan oʻsmirlar va yoshlar esa nafaqat kuch va mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi,  balki sogʻlom turmush tarzi sari qadam tashlab,  salomatliklarini mustahkamladilar.  Darhaqiqat,  farzandi kamolini koʻrish,   uning hayotda oʻz oʻrniga ega boʻlishini oliy maqsad deb biladigan har bir ota-ona uchun oʻgʻil-qizining salomatligi,   jismoniy etukligi – barkamolligidan ortiq baxt boʻlmasa kerak.   Bu baxtga erishish,   ezgu orzu-umidlarning ushalishida sport muhim ahamiyat kasb etadi.   Har tomonlama etuk,   yurtimiz shaʼnini koʻklarga koʻtaradigan,   barkamol avlodning shakllanishiga oʻz hissasini qoʻshayotgan tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi jamoasiga esa ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Charos Arslonova

Amudaryo tumani hokimligi

axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026