MTMda hosil bayrami tadbiri ötkazildi
Kuz faslining öziga xos gaşti, jozibasi bor. Yil böyi dehqon-u fermerlar, boğbon-u sohibkorlar özlari qilgan mehnatning samarasini aynan şu faslda köradilar. Hosil xirmonlaridan, ekin-tikin barakasidan köngli töq dehqon yil sarhisobidan mamnun holda tökin dasturxon atrofida hosil bayramini nişonlaydi. Erişilgan katta muvaffaqiyatlar nafaqat dehqon-u fermerlarga, balki butun xalqimizga kötarinki ruh bağişlaydi va baland-baland xirmonlar uyilgan dalalardan boşlangan hsoil bayrami har bir xonadonga, ovul va mahallaga, hatto idora va muassasalarga ham köçadi.

Mamlakatimizga, şu jumladan tumanimizga ham kuz fasli ana şunday hosil bayramlari bilan yanada fayz-u tarovat baxş etadi.
Ayni kunlarda tumanimizning qaysi göşasiga bormang, 2019-yilda paxtakorlarimiz, pillakor-u boğbonlar, çorvador-u sohibkorlarimiz erişgan yutuqlardan şod-u xurram xalqimiz hamjihatlik bilan hosil bayrami tadbirlarini ötkazişmoqda.

Ana şunday hosil bayrami tadbiri Bobur nomli ovuldagi 22-sonli maktabgaça taʼlim muassasasida ham ötkazildi. Milliy iftixorimiz va ğururimiz bölgan paxta, yetti xazinaning biri sifatida qadrlanuvçi pilla, zaminimizda yetiştirilgan şirin-şakar meva va sabzavotlar haqida şeʼrlar, ertaklar aytgan bolajonlar özlarining çiqişlari bilan barçani mamnun etdilar.

Ayniqsa, törtta fasl bilan suhbat qurgan, har fasldan öziga xos maʼno-mazmunlar topib, yuksak xirmonlar uygan Dehqon bobo bilan bolajonlarning muloqoti, MTM musiqa rahbari Sobir Qurbonboyev tomonidan tayyorlangan jonli sahna körinişlari va bu jarayondagi bolajonlarning iştiroki hosil bayrami tadbiriga yanada fayz bağişladi.
Hosil bayrami tadbirini tayyorlaşda MTM xodimlari Marhabo Qodirova, Manzura Kenjaboyeva, Xurşida Töliboyevalar 2019-yilda Bobur nomli ovul hududidagi fermer xöjaliklari va bu xöjaliklarda mehnat qilayotgan bolajonlarning ota-onalari, bobo va buvijonlari mehnatini qadrlaş, yetiştirilgan möl-köl hosil neʼmatini asrab-avaylaş, bu neʼmatlarning inson salomatligi uçun qançalik ahamiyatli ekanligiga alohida ahamiyat berganliklari bois, bolajonlar qalbida Vatanga muhabbat, ona yurt zaminida yetiştirilgan neʼmatlardan faxrlaniş, bobodehqonlarimizning halol va fidoyi mehnatlariga nisbatan hurmat va ehtirom tuyğulari yanada mustahkamlandi.

- Bu kabi tadbirlar ösib kelayotgan yoş avlodni vatanparvarlik, ota-onalari mehnatiga hurmat, tabiat neʼmatlariga ehtiyotkorona munosabatda böliş ruhida tarbiyalaşga xizmat qiladi, - deydi MTM mudirasi Raʼno Qodirova.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶