Amudaryo tumanida davlatga paxta sotiş böyiça şartnomaviy reja ortiği bilan bajarildi
Amudaryo – mirişkor dehqonlar, bunyodkor boğbonlar yurti. Mehnatkaş va halol, fidoyi xalqimiz saxiy zamindan peşona teri evaziga rizq undirib, el-yurt dasturxoni tökinligiga munosib hissa qöşib kelmoqda. Uddaburon va işbilarmon fermerlarimiz esa yerdan möl hosil olib, mamlakat iqtisodiyotini yanada yuksaltirmoqda.
Bu yil ham bobodehqonlarimiz yuksak natijalarga erişib, davlatga pilla va ğalla topşiriş böyiça rejalarini oşirib bajardilar. Paxtakorlarimiz esa bir neça yillik anʼanalarini davom ettirgan holda bu yil ham Qoraqalpoğistonda birinçilardan bölib, davlatga paxta sotiş böyiça şartnomaviy rejalarni ortiği bilan bajardilar. 11-oktyabr kuni tumanimizda davlat xirmoniga 32 ming 250 tonnadan ziyod hosil topşirilib, mehnat zafariga erişildi.
Yerdan rizq undiriş, undan hosil oliş öz-özidan bölmaydi. Dehqonlarimiz erta bahor, jazirama yoz mobaynidagi tabiat injiqliklarini öz bilim, tajriba va mahorati, maşaqqatli mehnati bilan mardonavor yengib, kuzning har bir iliq kunidan unumli foydalangan holda hosilni uyuşqoqlik bilan yiğib-terib olişdi.
Erta bahorda 366 ta fermer xöjaliklari tomonidan 15 ming 250 gektar maydonga “S 47-27”, “Sulton” va yangi “Buxoro-102” navli çigit ekildi. Öz vaqtida amalga oşirilgan agrotexnik tadbirlar natijasida ğöza nihollari tekis unib çiqdi. Vegetatsiya davrida barça agrotexnik tadbirlar sifatli va öz vaqtida amalga oşirildi. Jumladan, ğöza nihollarini yaganalaş, qator oralariga işlov beriş, begona ötlardan tozalaş, suğoriş va oziqlantiriş, defoliatsiya va çekanka qiliş kabi tadbirlar malakali mutaxassislarning tavsiyalari va dehqonlarimizning köp yillik tajribalari asosida sifatli amalga oşirildi. Bu işlarga jami 73 mlrd. sömga yaqin imtiyozli kreditlar ajratilib, barça zarur resuruslar muddatida yetkazib berildi hamda işçilarning iş haqlari öz vaqtida tölab borildi.
Qulay ob-havo şaroiti, işning tizimli asosda taşkil qilingani va dehqonlarimizning maşaqqatli mehnatlari evaziga dalalarda möl hosil töplanişiga erişildi.
Mamlakatimizda qöşilgan qiymatga ega raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişga asoslangan paxta-töqimaçilik klasterlari taşkil etilayotgani soha rivojiga katta hissa qöşmoqda. Joriy yilda tumanimizda ham masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi qoşida paxta-töqimaçilik klasteri taşkil qilinib, jami 185 ta fermer xöjaliklari unga biriktirildi. Mazkur fermer xöjaliklarning 7146 gektar maydoniga çigit ekişdan tortib, hosilini yiğib-terib olişgaça bölgan jarayonlardagi barça taşkiliy va moliyaviy masalalar korxona tomonidan muvofiqlaştirilib borildi. Bu esa sohada haqiqiy bozor munosabatlarini örnatib, yuqori natijalarga erişişga sabab böldi. Mazkur klaster tarkibidagi Namuna, Kuyuk köpir va Bobur nomli ovullardagi fermer xöjaliklari şartnomani birinçilar qatori bajargani fikrimizning yorqin dalilidir.
Tumanda 2019-yilgi paxta yiğim-terimi mavsumi uçun puxta tayyorgarlik körildi va tizimli asosda iş olib borildi. 360 ta terim otryadlari taşkil qilinib, mavsum davomida 7 ming 630 nafar fermer xöjaliklari işçilari, 13 ming 871 nafar uyuşmagan aholi vakillari köngilli ravişda yiğim-terim işlarida iştirok etdi.
Terimçilar uçun barça şaroitlar yaratilib, dala boşida issiq ovqatlar taşkil qilindi. Ularning madaniy hordiq çiqarişi uçun kontsert dasturlari uyuştirildi. Terim pullarining öz vaqtida, dala boşida berib borilgani va terimçilar uçun arzon narxdagi köçma dökonlar xizmat körsatgani terim surʼatini oşirişda muhim omil böldi.
Qolaversa, turli musobaqalar taşkil qilinib, ilğor terimçilar muntazam ravişda rağbatlantirilib borilgani ularning moddiy manfaatdorligini oşirdi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi tomonidan “Eng ilğor terimçi oila” tanlovining ötkazilgani ham terimçilar ğayratiga ğayrat qöşdi.
Bugungi yuksak xirmonni bunyod qilişda Toşyop, Namuna, Kuyuk köpir, Bobur, Tölqin, Örta qalʼa, Qiliçboy, Qipçoq ovul hamda mahallalaridagi fermer xöjaliklari munosib hissa qöşdilar.
Tölqin ovulidagi “Amat Törayev”, Qiliçboy ovulidagi “Farhodov Asadbek” hamda “Aşirov Qahramon”, Dörman ovulidagi “Boburbek Örozboyev”, Toşyop ovulidagi “Bekman Allaberganov” nomli fermer xöjaliklari davlatga paxta sotiş böyiça kontraktatsiya şartnomalarini tumanimizda birinçilar qatori bajardilar. Şuningdek, Örta qalʼa ovulidagi “Örozboy Ermanov” va “Erlapas”, Qiliçboy ovulidagi “Rajabov Omonboy” kabi fermer xöjaliklari hosildorlikni gektaridan 35-40 tsentnerga yetkazib, “oq oltin” xirmonimizning yanada baland bölişiga özlarining hissalarini qöşdilar.
Terilgan paxta kuniga ikki mahal ölçab olinib, peşma-peş qabul maskanlariga eltib turildi. “Amudaryo paxta tozalaş” aktsiyadorlik jamiyatiga qaraşli barça tayyorlov maskanlarida mavsum boşidan paxta qabul qilişga puxta hozirlik körildi va hosilni qabul qilişga şay qilib qöyildi. Jamiyatga qaraşli paxta tayyorlov maskanlarida hosil keçiktirilmasdan qabul qilib olindi.
Dehqon va fermerlar, pudratçi va haşarçilar, soha mutaxassislari hamda olimlar, bir söz bilan aytganda, butun xalqimizning hamjihatlikdagi mehnatlari natijasida bu yil ham amudaryoliklar öz vaʼdasining ustidan çiqib, ulkan xirmon bunyod etdilar. Bugungi mehnat zafari barçamizga muborak bölsin! Barçangizga soğlik-salomatlik, xonadoningizga qut-baraka, mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yölidagi ezgu işlaringizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Fidokorona mehnat zavqini totiş, rohatini köriş hammaga nasib etsin!
Sultonboy Yöldaşev, Amudaryo tumani hokimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶