OʻQITUVChILAR ORASIDA FUTBOL BOʻYIChA MUSOBAQA OʻTKAZILDI
Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi va murabbiylarning faolligini oshirish va sportga qiziqishlarini yuksaltirish maqsadida yaqinda Mangʻit shahridagi markaziy oʻyingohda xalq taʼlimi tizimi xodimlari orasida sportning futbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.Musobaqada ustoz va murabbiylar hududlar boʻyicha jamoalarga boʻlinib, oʻzaro kuch sinashdilar.
Murosasiz kechgan bahslarda Oʻrta qalʼa ovulida joylashgan taʼlim muassasalari xodimlari birinchi, Toʻlqin ovulida joylashgan taʼlim muassasalari xodimlari ikkinchi, Mangʻit shahri hududi taʼlim muassasalari xodimlari esa uchinchi oʻrinni yengib oldilar .
Musobaqa gʻoliblariga taʼlim , fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman kengashi tomonidan "Faxriy yorliq " va esdalik sovgʻalari topshirildi.
1-oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati oʻtkazilgan sport musobaqasi barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶