Tuman hokimi “TASHKENT GRAND PRIX – 2019” gʻolibi Sharofiddin Boltaboyev xonadoniga tashrif buyurdi
Dzyu-do kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sharofiddin Boltaboyev Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston chempionatlari hamda xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Amudaryo tumanidagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida mahoratini oshirgan, mohir murabbiylardan kurash sirlarini oʻrgangan va katta sportga qadam qoʻygan yosh sportchi mamlakatimiz sport sharafini yanada yuqori koʻtarmoqda.
Yaqinda yurtdoshimiz Sharofiddin Boltaboyev Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “TASHKENT GRAND PRIX – 2019” xalqaro musobaqasida 81 kilogramm vazn toifasi boʻyicha ishtirok etdi. Mohir dzyu-dochi ilk – saralash bosqichida raqibini atigi 2-soniyada “ipon” bilan magʻlub etdi va dzyu-do boʻyicha xalqaro gran-pri rekordini yangiladi. Musobaqa finalida oʻzbekistonlik ikki vakil – Kamoliddin Pasulov va Sharofiddin Boltaboyevlar oʻzaro bellashdilar. Sharofiddinning qoʻli baland kelib, gʻalabaga erishdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Unga Tokio olimpiadasida ishtirok etish uchun yoʻllanma ham berildi.

Eng tezkor gʻalabaga erishgan dzyudochi sifatida jahon dzyudosi tarixiga kirgan va katta yutuqlar sohibi boʻlgan polvon tumanimizda munosib kutib olindi. Sportchi xonadoniga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosarlari Alisher Yoʻldoshev, Jasur Norimov, Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Charsham Tojimurodov va boshqalar tashrif buyurishdi. Sharofiddin Boltaboyev va uning ota-onasi bilan uchrashib, erishilgan gʻalabalar bilan tabriklashdi, sportdagi yutuqlari bilan mamlakatimizni dunyoga tanitayotgan yosh sportchiga qimmatbaho sovgʻalar taqdim etishdi.
Eʼtibor va ragʻbatdan Sharofiddin Boltaboyev, uning oila aʼzolari nihoyatda mamnun boʻldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶