YoŞLAR UÇUN “STREET WORK OUT” MAYDONÇASI QURILDI
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbusni yoşlar hayotiga joriy etiş va yoşlar bilan işlaşiş tizimini samarali taşkil qiliş borasida mamlakatimizda tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Yoşlarning madaniyat, sport, sanʼat, axborot texnologiyalari hamda kitob öqişga bölgan qiziqişlarini oşiriş, bu boradagi qobiliyatlarini rivojlantiriş va rağbatlantirişga kömaklaşiş Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşining doimiy eʼtiborida.



Joriy yilning 14-avgust kuni tumanimizga taşrif buyurgan ÖzYoI Markaziy Kengaşi raisi Qahramon Quronboyev Prezidentimizning ikkinçi taşabbusi ijrosini taʼminlaş, tuman yoşlarining sport bilan muntazam şuğullanişlarini taşkil etiş hamda ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida Öz YoI Markaziy Kengaşi hisobidan “Street work out” sport maydonçasi quriş fikrini bildirgan edi.



Mustaqillik bayrami arafasida Manğit şahrining Olmazor mahallasidagi Bolalar-ösmirlar sport maktabi hududida “Street work out” sport maydonçasi qurilib, foydalanişga topşirildi. 22-avgust kuni ÖzYoI tuman Kengaşi tomonidan brus va turniklar töplamidan iborat mazkur sport maydonçasi Bolalar-ösmirlar sport maktabi ixtiyoriga tantanali ravişda topşirildi.


Endilikda tumanimiz yoşlari “Street work out” trenajerlaridan muntazam şuğullanişlari uçun şaroit yaratildi.


Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶