21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:57
Iqtisodiyot 👁 911

2019-yilning 7 oyi davomida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boʻyicha xizmat koʻrsatish hajmi 3 trillion soʻmdan oshdi

2019-yilning 7 oyi davomida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boʻyicha xizmat koʻrsatish hajmi 3 trillion soʻmdan oshdi

Zamonaviy jamiyatda xizmatlar sohasining oʻrni qanday?

Zamonaviy jamiyat hayotida xizmatlar sohasi juda keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. Bugungi kunda u yoki bu turdagi xizmatlar koʻrsatmaydigan yoki hech boʻlmaganda unga duch kelmagan korxonalar deyarli yoʻq. Har birimiz har kuni xizmat koʻrsatish taʼsirida boʻlamiz. Biz uyali aloqa, Internet, savdo-koʻngilochar markazlar, umumovqatlanish, goʻzallik salonlari, konsalting, tibbiy va oʻquv markazlari xizmatlaridan foydalanamiz, turli transport vositalarida safar qilamiz va yuk tashiymiz. Bu barcha xizmat turlari xizmatlar sohasi tushunchasini tashkil etadi.

Xizmatlar sohasi nimani oʻzida aks ettiradi?

Xizmatlar sohasi – korxonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatiladigan turli xizmat turlarini takror ishlab chiqarishni oʻz ichiga olgan jamlanma soha hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xizmatlar sohasi tijorat, kasbiy va maishiy xizmatlarni koʻrsatishga ixtisoslashgan mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlari hisoblanadi.

Xizmatlarning isteʼmolchisi sifatida koʻpchilik uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunmaydi.

Xizmatlar oʻzi nima?

Adabiyotlarda xizmatlar tushunchasining bir nechta taʼriflari mavjud:

bu foydali harakatlar, ish yoki umuman olganda faoliyat;

bu sotish maqsadida ishlab chiqariladigan nomoddiy aktivlar;

bu jarayon yoki bir qator harakatlar, yaʼni bu harakatlar qiymatni yaratish vositasi boʻlishi mumkin. Ular qiymat yaratishi mumkin, lekin ularning oʻzi mustaqil qiymat hisoblanmaydi.

Xizmatlar bu isteʼmolchilarning (yuridik va jismoniy shaxslar) holatini oʻzgartiradigan yoki tovarlar, xizmatlar yoki moliyaviy aktivlarni ayirboshlashda koʻmaklashadigan ishlab chiqarish faoliyati natijasidir.

Iqtisodiyotda xizmatlar bozor va nobozor xizmatlarga boʻlinadi. Bozor xizmatlari oldi-sotdi obʼekti sifatida iqtisodiy ahamiyatga ega narxlarda (xizmatlar ishlab chiqaruvchi xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplaydigan) realizatsiya qilinadigan xizmatlar hisoblanadi.

Nobozor xizmatlarga isteʼmolchilarga iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlmagan narxlarda (bepul asosda) koʻrsatiladigan xizmatlar taalluqli boʻladi. Ular ijtimoiy yoʻnaltirilgan boʻlib, har qanday darajada byudjetdan yoki byudjetdan tashqari fondlardan, shuningdek, jamoat tashkilotlari fondlari mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan xizmatlardir. Bepul xizmatlar, masalan, bepul taʼlim, sogʻliqni saqlash, davlat boshqaruvi, mudofaa va boshqa xizmatlarni oʻz ichiga oladi.

Xizmatlar sohasi moddiy ishlab chiqarishga nisbatan bir qator oʻziga xos xususiyatlarga ega.

Birinchidan, tovarlardan farqli ravishda xizmatlar bir vaqtning oʻzida ishlab chiqariladi va isteʼmol qilinadi hamda saqlanmaydi.

Ikkinchidan, xizmatlar koʻpincha mahsulotlarga qarama-qarshi qoʻyiladi, vaholanki, sanoatda xizmatlarning ahamiyati oshib bormoqda, yaʼni bular uskunalarni taʼmirlash, sotishdan keyingi xizmat koʻrsatish va tovarlarni sotish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar. Aytish mumkinki, koʻp hollarda xizmatlar mahsulotning elementi boʻlgani kabi, mahsulotni sotishda ham xizmat elementi mavjud.

Oʻzbekiston Pespublikasida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha xizmatlarning statistik hisobi Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi “2016-2020-yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar hajmi, bu xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va xizmat koʻrsatish asosiy faoliyat turi hisoblanmaydigan barcha xizmatlar ishlab chiqaruvchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari qiymatini anglatadi.

Iqtisodiy faoliyatning alohida turlari boʻyicha bozor xizmatlari hajmi nimalar hisobiga shakllantiriladi?

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari kommunikatsiya sohasidagi xizmatlarni, jumladan, telefon aloqasi, teleks, telegraf, radioeshittirish, elektron pochta, sunʼiy yoʻldosh va faksimil aloqasi orqali tovushli axborot, tasvirlar va boshqa axborot oqimlarini uzatish kabi xizmatlarni qamrab oladi. Shuningdek, tijorat axborot kanallariga xizmat koʻrsatish, telealoqa yordamida konferentsiyalarni oʻtkazish va ularga tegishli xizmatlar koʻrsatish, maʼlumot va axborot xabarlarini qayta ishlash bilan bogʻliq axborot xizmatlari, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish xizmatlarini ham oʻz ichiga oladi.

Moliyaviy xizmatlar moliyaviy vositachilik va sugʻurta faoliyatini oʻz ichiga oladi. Moliyaviy vositachilik xizmatlariga pul-kredit vositachiligi xizmatlari (moliyaviy lizing, kredit berish, shu jumladan lombardlar), dilerlar va investitsiya fondlarining moliyaviy vositachiligi, moliya bozorlari (tovar, fond va valyuta birjalari) uchun yordamchi moliyaviy vositachilik xizmatlari va boshqa moliyaviy xizmatlar kiradi.

Moliyaviy xizmatlar hajmida moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan toʻlovlar miqdorida), hamda qarz berish yoki omonatni saqlash boʻyicha moliyaviy muassasalarning xizmatlari uchun toʻlovlar hisobga olinadi.

Hayotni, mol-mulkni, transport vositalarini sugʻurta qilish xizmatlari va boshqa sugʻurta turlari sugʻurta tashkilotlari tomonidan taqdim etiladi. Sugʻurtalovchilarning sugʻurta xizmatlari hajmi bevosita sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari tushumi hisoblanadi. Bunda qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan shartnomalar boʻyicha sugʻurta mukofotlari hisobga olinadi hamda sugʻurtalovchilarga qayta sugʻurta qilish uchun berilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta mukofotlari chiqarib tashlanadi. Bundan tashqari, moliyaviy xizmatlar sugʻurta sohasidagi yordamchi xizmatlarni (aktuariylar, adjasterlar, sugʻurta syurveyerlari va assistanslar) ham oʻz ichiga oladi.

Transport xizmatlari transportning barcha turlarida yuklar va yoʻlovchilarni tashish faoliyati hamda tashish uchun yordamchi xizmat turlari, shu jumladan logistika xizmatlarini oʻz ichiga oladi.

Logistika – iqtisodiy subʼektlar oʻrtasida tovarlar, xizmatlar va axborot almashinuvi bilan bogʻliq faoliyat turi hisoblanadi. Logistik funktsiyalarga buyurtmani qayta ishlash, materiallar oqimini shakllantirish, mahsulotlarni yigʻish, qadoqlash, tashish, saqlash va h.k. kiradi.

Amaldagi narxlarda transport faoliyati boʻyicha bozor xizmatlari koʻrsatish tashishdan hamda transport turlari boʻyicha transport faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa faoliyatdan (yuklash va tushirish, transport-ekspeditorlik xizmatlari va b.q.) tushgan tushum summasi sifatida aniqlanadi. Avtomobil transportida yuklarni tashish boʻyicha bozor xizmatlari hajmiga oʻz ehtiyojlari uchun (masalan, oʻz mahsulotlarini (tovarlarini) oʻzining chakana savdo tarmogʻiga, ichki xoʻjalik, ichki zavod, ichki obʼekt va shunga oʻxshash) yetkazib berish boʻyicha xizmatlar hajmi qoʻshilmaydi.

Yashash va ovqatlanish xizmatlari qisqa muddatli turar joylar, mehmonxonalar, motellar va boshqa turar joylar bilan taʼminlash hamda oziq ovqat va ichimliklar yetkazib berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni oʻz ichiga oladi.

Savdo xizmatlari ulgurji va chakana savdo xizmatlarini birlashtirgan holda shartnomalar, buyurtmalar, komissiyalar yoki agentlik shartnomalari asosida boshqa shaxs manfaatlari uchun tovarlarni oldi-sotdisi boʻyicha vositachilik xizmatlari hamda avtomobillar va mototsikllarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlarni ham oʻz ichiga oladi.

Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar – turar joy va noturar joy binolarini ijaraga berish xizmatlari hamda koʻchmas mulkni sotib olish va sotishda vositachilik xizmatlarini oʻz ichiga olgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha faoliyat hisoblanadi.

Taʼlim sohasidagi xizmatlar davlat muassasalarida, jumladan, oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalarida tijorat taʼlim xizmatlari, shuningdek, har qanday darajadagi xususiy taʼlim va har qanday kasbga oʻqitish, radio va televideniye, Internet-kanallar va pochta joʻnatmalari orqali oʻqitish bilan bogʻliq xizmatlarni oʻz ichiga oladi.

Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar statsionar shifoxona muassasalari, poliklinikalar, stomatologiya muassasalari, tibbiy laboratoriyalar tomonidan pullik asosida koʻrsatiladigan xizmatlar kompleksini oʻz ichiga oladi.

Ijara xizmatlari – operatorsiz mashina va uskunalarni ijaraga berish, maishiy jihozlar va shaxsiy buyumlarni ijaraga berish boʻyicha xizmatlar.

Meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar loyihalash, tadqiqot, konstruktorlik, texnologik va boshqa muhandislik xizmatlari, shuningdek ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida bajariladigan qurilish nazorati xizmatlarini oʻzida aks ettiradi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida  Qoraqalpogʻiston Pespublikasida 3022,6 mlrd.soʻmlik xizmatlar ishlab chiqarilib, oʻsish surʼati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 116,6 foizni tashkil etdi.

Qoraqalpogʻiston Pespublikasida  2019-yil yanvar-iyul oylarida iqtisodiy turlari boʻyicha xizmatlar ishlab chiqarish hajmi.

 

Hajmi, mlrd, sum

Oʻtgan yilga nisbatan oʻsish surʼati, %

 
 

Xizmatlar - xajmi

3022,6

116,6

 

Shu jumladan:

 

 

 

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari

190,0

110,9

 

Moliyaviy xizmatlar

537,5

178,2

 

Transport xizmatlari

817,0

112,0

 

Shu jumladan: avtotransport xizmatlari

425,5

101,0

 

Yashash va ovqatlanish xizmatlari

91,0

103,3

 

Savdo xizmatlari

710,2

103,0

 

Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar

101,2

102,6

 

Taʼlim sohasidagi xizmatlar

119,7

118,1

 

Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar

33,8

101,1

 

Ijara xizmatlari

68,6

109,5

 

Kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar

92,6

102,4

 

Shaxsiy xizmatlar

115,5

106,6

 

Meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar

59,6

128,5

 

Boshqa xizmatlar

85,9

102,8

 

B. Tajibekov, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026