Tibbiyot xodimlari epidemiyaga qarşi kuraşiş böyiça ötkazilgan brifingda qatnaşişdi
Respublikamizda 12-21-avgust kunlari “Farzandlarimizni virusli gepatit A kasalligidan asraylik” şiori ostida ommaviy taşviqot-tarğibot tadbirlari taşkillaştirildi. Virusli gepatitning A turi bilan kasallanişning oldini oliş maqsadidagi tadbirlar tumanimizda ham ötkazildi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasi majlislar zalida epidemiyaga qarşi kuraşiş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş böyiça 2018-2020-yillarga möljallangan Davlat dasturining ijrosini taʼminlaş böyiça brifing ötkazildi. Unda Tibbiyot birlaşmasi, DSENM xodimlari, Xalq taʼlimi bölimi vakillari, umumiy amaliyot şifokorlari, patronaj hamşiralar, MTM xodimlari, hamşiralari qatnaşişdi.
Brifingda iştirok etayotgan Özbekiston Respublikasi DSENMning epidemiolog şifokori K.Rajapova, Qoraqalpoğiston DSENM epidemiologiya bölimi mudiri T.Turekeşovlar virusli gepatit A yuqumli kasalligi böyiça epidemiologik vaziyat va davlatimiz tomonidan 13 turdagi yuqumli kasallikka qarşi vaktsina yölga qöyilganligi haqida aytib ötişdi. Şuningdek, eng samarali usul vaktsinatsiya ekanligi, uni aholiga keng tuşuntiriş lozimligi taʼkidlandi.
Brifing davomida epidemiyaga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş yuzasidan berilgan savollarga batafsil javoblar ham berildi.
Gulşod Tajiboyeva, tuman DSENM
epidemiologiya bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶