Tuman Madaniyat bölimida "Vatan uçun yaşaylik!" anʼanaviy körik-tanlovi ötkazildi
Prezidentimizning davlatimiz mustaqilligining 28 yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisidagi Qaroriga köra Respublika komissiyasi tomonidan “Jonajon Özbekistonim, mangu böl omon!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan taşkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda tarğibot-taşviqot işlari dasturi işlab çiqildi. Dasturga muvofiq joylarda aholiga kötarinki ruh va bayramona kayfiyat bağişlaş maqsadida turli uçraşuvlar, madaniy tadbirlar ötkazila boşlandi.
5-avgust kuni tuman Madaniyat bölimida mustaqillik bayrami munosabati bilan "Vatan uçun yaşaylik!" anʼanaviy körik-tanlovi ötkazildi. Tanlovda madaniyat markazlari tögaraklarida faol qatnaşib kelayotgan yoş isteʼdod egalari Vatan tarannumiga bağişlangan qöşiqlari bilan iştirok etdilar.
Tanlov yakunida “Qiliçboy” madaniyat markazi aşula tögaragi aʼzosi Sevinç Bekbergenova va Oğabek Örozimbetovlar duet ijro etib 1-örin, “Qangli” madaniyat markazi tögarak iştirokçisi Behruz Jumamurodov 2-örin, “Uyşin” madaniyat markazining aşula tögaragi aʼzosi Şodiyor Bekberganov 3-örin ğolib deb topildi.
Ğoliblar taşkilotçilar tomonidan faxriy yorliq va sovğalar bilan taqdirlandilar.
N.Eşçanova, tuman Madaniyat bölimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶