AMUDARYoLIK SPORTÇI TENNIS BÖYIÇA ÖZBEKISTON ÇEMPIONI BÖLDI
Tennis mamlakatimizda ommalaşgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Sportning bu turi tez fikrlaşga, tez harakatlanişga, şiddatkor bölişga örgatadi.
Bolalar va ösmirlar sport maktabiga kiçkinaligidan qatnay boşlagan Şerzod Yöldoşev stol tennisini boşqa bolalarga qaraganda tez özlaştirdi. U sport maktabi murabbiysi Hamida Rajabovadan tennis raketkasini qanday uşlaşdan tortib, öyin texnikasi, taktikalarigaça tezda örganib oldi.
Yoş sportçi musobaqalarda ham iştirok etib, raqiblarini ortda qoldira boşladi. Ayniqsa, BÖSM birinçiligi uçun ötkazilgan musobaqada ilk bor qatnaşib, sovrinni qölga kiritganida juda ruhlandi va öziga işonçi yanada ortdi. Bundan ham katta, nufuzli musobaqalarda iştirok etib, yurt şarafini himoya qilişni, Vatan bayroğini balandga kötarişni öz oldiga maqsad qilib qöydi va avvalgidan ham qatʼiyroq şuğullana boşladi.
Yoş sportçining mehnatlari öz samarasini berib, dastlab Qoraqalpoğiston, keyinçalik Özbekiston çempionati uçun ötkazilgan musobaqalarda faxrli örinlarni egallay boşladi. Nufuzli musobaqalar ğolibligini qöldan bermayotgan sportçi Nukus şahridagi Olimpiya zahiralari kolleji qoşidagi maktab-internatda, söng kollejning özida stol tennisi böyiça mahoratli murabbiylar qölida maşğulotlarni davom ettirdi. Bu davr mobaynida, ayniqsa, 2016-2018-yillar davomida Özbekiston çempionati uçun ötkazilgan stol tennisi musobaqalarida qatnaşib, faxrli örinlar ğolibi böldi.
Stol tennisi sporti bilan 8-yildan beri şuğullanib, ham nufuzli musobaqalar sovrinini qölga kiritib kelayotgan yoş sportçi şu yil 23-29-mart kunlari bölib ötgan Özbekiston çempionatida iştirok etib, 1-örinni egalladi. Nukus Olimpiya zahiralari kollejining 3-bosqiçini bitiriş arafasidagi sportçiga sovrin bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport yönalişidagi oliy öquv yurtlariga imtihonsiz qabul qiliş imtiyoziga ega bölgan litsenziya ham berildi.
Amudaryolik Şerzod Yöldoşev Qoraqalpoğiston Respublikasida stol tennisi böyiça imtiyozli litsenziyani qölga kiritgan birinçi sportçi böldi.
Mana şunday iqtidorli sportçi yoşlar mamlakatni dunyoga tanitadi. Dunyo arenalarida yurtimiz bayroğini yuqori kötarib, elga şaraf keltiradi va faxru-iftixorimizga aylanadi. Işonamizki, Özbekiston çempioni bölgan Şerzod Yöldoşev ham kelajakda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda iştirok etib, yurt şaʼnini şaraf bilan himoya qiliş bilan birga özi kabi mohir sportçilar yetişib çiqişiga hissa qöşadi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶