USTOZ SANʼATKORLARDAN YaNGI LOYIHA: “AYTIŞUV”
Milliy sanʼatimizni rivojlantiriş hamda yoşlarning mumtoz kuy-qöşiqlarga qiziqişlarini oşiriş maqsadida tuman Madaniyat bölimi turli loyihalarni amalga oşirib kelmoqda. “Mumtoz navolar”, hisobot kontsert dasturlari şular jumlasidandir.
Yaqinda yana bir muhim yangilikka qöl urildi: elimiz tanigan, milliy va mumtoz aşulalar mohir ijroçilari iştirokida “Aytişuv” kontsert dasturi namoyiş qilina boşladi.
Loyihaning ilk dasturida kuy-qöşiqlari bilan köpsonli muxlislar eʼtiborini qozongan, taniqli xonandalar – 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öqituvçisi Anvar Xudoyberganov, 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Nuriddin Yoqubovlar iştirok etişib, özlarining diltortar qöşiqlarini jonli ijroda muxlislar eʼtiboriga havola etdilar. Sidqidildan ijro etilgan qöşiqlarni tomoşabinlar olqişlab turdilar.
Anvar Xudoyberganov, Nuriddin Yoqubovlar boşlab bergan “Aytişuv”dek masʼuliyatli va ayni paytda zavqli va qiziqarli dastur hali davom etadi, köplab iqtidor egalari şu sahnada yurtdoşlarimizga manzur böladigan qöşiqlar ijro etişadi.
Oybek BEGIMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶