Amudaryo tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi havo harorati keskin kötarilgan hozirgi mavsumda issiqdan saqlaniş çoralarini körişni tavsiya qiladi
Hududimizda ayni kunlarda havo harorati keskin kötarilayotgani insonlar salomatligiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Şunday vaziyatlarda ular salqin joylarda hordiq çiqarişadi, oftob urmasligi uçun turli usullarni qöllay boşlaşadi. Xöş, issiq harorat taʼsiridan qanday saqlanişimiz kerak, bu mavsumda qanday kiyinişimiz va ovqatlanişimiz lozim? Yoz faslining boşlanişi, ayniqsa eng issiq davr – çillaning kirib kelişi har yozda tumanimiz aholisi uçun biroz noqulayliklarni keltirib çiqaradi. Boisi hududimizda havo harorati +45, +50S darajagaça yetadi. Bunday anomal issiq kunlarda avvalo odam boşini quyoş nuridan asraşi muhim ahamiyatga ega. Çunki boş miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari ötgan bölib, kunning issiq vaqtida boş yalang yurganda boş qizib, butun tanada issiq qon aylanişi oftob urişiga olib kelişi mumkin. Buning oqibatida tana haroratining kötarilişi, terining qizarişi, holdan toyiş, nafas oliş va puls tezlaşişi, yurakning tez urişi, boş oğrişi, aylanişi, köngil aynişi, qayd qiliş, huşdan ketiş kabi holatlar kuzatilişi mumkin.
Nimalar tanovul qilgan maʼqul?
Tabiiyki, issiq kunlari köp miqdorda suv içiş organizm faoliyatini yaxşi işlaşga va suv-tuz balansini meʼyorlaştirişga yordam beradi. Ammo bunda organizmning suv tanqisligini töldiriş uçun gazlangan yoki nektar suv emas, aksinça, oddiy içimlik suvini isteʼmol qiliş kerak. Şuningdek, issiq kunda yoğli, göşt mahsulotlari isteʼmolini kamaytirib, yengil hazm böluvçi taomlar isteʼmolini köpaytiriş maqsadga muvofiq. Qolaversa, meva va sabzavotlar ham organizmda yaxşi singib, içki aʼzolar faoliyatini normallaştirişga yordam beradi. Yana şuni alohida taʼkidlaş lozimki, yoz kunlarida xiyobon va markaziy köçalar atroflarida qölbola usullarda tayyorlanib, isteʼmol uçun çiqarilgan turli şarbat, ayron, göja hamda şu turdagi mashulotlarni isteʼmol qilmagan maʼqul. Çunki kun davomida quyoş nuri tuşib turgan hamda isteʼmolga yaroqlilik belgisi mavjud bölmagan bu turdagi mahsulotlar turli noxuş vaziyatlarni keltirib çiqarişi ham mumkin.
Qanday kiyiniş kerak?
Yoş kunlari tabiiy matodan tikilgan, havoni yaxşi ötkazib, quyoş nurini qaytaradigan hamda keng tikilgan kiyimlarni tanlaş maqsadga muvofiq. Çunki ular terining nafas olişiga imkon yaratadi hamda tana haroratining kötarilib ketişiga tösqinlik qiladi. Qolaversa, jazirama kunda boş kiyim kiyib yuriş ham maqsadga muvofiq. Maʼlumki, quyoş nuri kunduzi soat 12dan 16 gaça judayam faol holatda böladi. Şuning uçun bu vaqt oraliğida köçaga çiqmagan maʼqul. Vaziyat taqozo etgan vaqtda esa tananing oçiq joylarini quyoş nuridan saqlaşga harakat qiliş darkor.
Durbek BOBOJONOV, tuman DSENM boş şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶