YoZGI BIATLON BÖYIÇA QORAQALPOĞISTON BIRINÇILIGI ÖTKAZILDI
Aqliy barkamollikka erişişda jismoniy çiniqişning örni alohida. Şu boisdan ham mamlakatimizda sport ommaviyligiga erişişga, ayniqsa yoşlarning sport bilan muntazam şuğullanişlariga şaroitlar yaratişga eʼtibor kuçaytirilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş böyiça ilgari surgan beşta taşabbusida ham sportga alohida eʼtibor qaratilgan.
Yoşlarning har jihatdan barkamol, yurtga sodiq, yuksak irodali va vatanparvar bölib ulğayişida Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkilotining ham munosib örni bor. Taşkilotning tuman, şahar öquv sport texnika klublari örtasida ötkazilayotgan sportning texnik va amaliy turlari böyiça musobaqalar ayniqsa yoşlarning eʼtiborini tortib, sohaga qiziqişlari ortişiga zamin bölayotir.
Şu yil 28-iyun kuni taşkilotning Amudaryo tuman öquv sport texnika klubida 30-iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan sportning texnik va amaliy turlaridan biri bölgan yozgi biatlon böyiça Qoraqalpoğiston birinçiligi musobaqasida ham yoş vatanparvar öğlonlar kuç sinaşib, ğoliblar aniqlandi.
Musobaqada Nukus şahri, Amudaryo, Törtköl, Beruniy, Ellikqaʼla, Qönğirot, Xöjayli, Kegayli va Çimboy tumanlaridagi öquv sport texnika klublari aʼzolari bölgan öquvçi-yoşlar iştirok etdilar.
“Biz vatanparvarlarmiz” şiori ostidagi musobaqa juda qiziqarli va qizğin kuraşlar bilan ötdi.
Natijalarga köra, musobaqada birinçi örinni amudaryolik, ikkinçi örinni nukuslik yoş vatanparvarlar egalladilar.
Ğoliblik uçun sidqidildan intilgan mezbon jamoa erişgan natijalar butun tumanimiz yoşlarini quvontirdi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶