“QALDIRĞOÇ” YoZGI BOLALAR OROMGOXIDA KONTsERT DASTURI NAMOYIŞ ETILDI.
Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji binosida taşkil etilgan “Qaldirğoç” yozgi bolalar oromgohida joriy yilgi yozgi taʼtil davrida tumanimizning 500 nafar öquvçi yoşlari hordiq çiqarişlari rejalaştirilgan edi.
Ayni kunlarda 100 nafar bolajonlar mazkur maskanda köngilli dam olişmoqda.
Oromgohda bolalarning vaqtini mazmunli va maqsadli ötkazişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Turli sport va kasb-hunarga yönaltirilgan tögaraklar, badiiy havaskorlik tögaraklarida bolalarning iqtidorini rivojlantirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu yil 20-iyun kuni oromgohda dam olayotgan bolalar uçun Qangli madaniyat markazida taşkil etilgan badiiy havaskorlik tögaragi aʼzolari iştirokida kontsert dasturi namoyiş etildi.
Kontsert dasturidan joy olgan tengdoşlarining baxtli bolalik, ona diyor, bolajon xalqimizni uluğlovçi kuy-qöşiqlarini oromgohda dam olayotgan bolalar miriqib tinglab, köngilli dam oldilar, jörovoz bölib kuylab, iqtidorlarini namoyiş etdilar.
Oybek Begimov,
tuman Madaniyat bölimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶