ERLARDAN FOYDALANISh HAMDA ULARNI MUHOFAZA QILISh USTIDAN NAZORATNING HUQUQIY ASOSLARI
Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarning oʻz hayotlaridan rozi boʻlib, ertangi kunga qaʼtiy ishonch bilan hayot kechirishi davlatimizning eng oliy maqsadlaridan biridir. Hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qonun hujjatlari xalqimizning ezgu manfaatlariga qaratilgani bois, Oʻzbekiston Respublikasining ilgari qabul qilingan ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Qonun qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-fevralda qabul qilinib, Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan ushbu Qonunning 1-moddasida qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun er uchastkalaridan 1-yil mobaynida va qishloq xoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun berilgan er uchastkasidan yil mobaynida foydalanilmaganda olib qoʻyilishi belgilab oʻtilgan. Shuningdek, shu moddada meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi order kim oshdi savdosi asosida sotib olingandan keyin er uchaskasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganda, er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi garovda boʻlgan taqdirda esa garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganda er uchastkalari olib qoʻyilishi aytib oʻtilgan.
Yer uchastkalariga egalik qilish huquqini yoki er uchastkasidan doimiy yohud vaqtincha foydalanish huquqini tegishli moddaning ayrim bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish va erdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tuman, shahar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshirilishi taʼkidlab oʻtilgan. Yer uchastkasiga egalik huquqini yoki er uchastkasidan doimiy yohud vaqtincha foydalanish huquqini tegishli moddaning maʼlum qismida tugatish tegishli tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa er egalari Kengashlarining taklifiga koʻra va huquqlar tugatilishi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tuman hokimlarining qarorlari bilan amalga oshirish kabi oʻzgartirishlar kiritildi.
Jismoniy va yuridik shaxslar er uchastkalariga egalik qilish huquqini, er uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda fuqarolar ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish mumkinligi belgilab oʻtilgan.
Qonunning 84-moddasida fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa er egalari Kengashlari dehqon xoʻjaliklarining er uchastkalaridan hamda tomorqa erlaridan maqsadli va samarali foydalanishi, shu jumladan, erlarga ishlov berilishining holati, urugʻlar, koʻchatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandalarning koʻpaytirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoring amalga oshirilishi haqida koʻrsatmalar berishga haqliligi oʻz ifodasini topgan.
Bularning barchasi inson manfaatlari yoʻlida qonun bilan amalga oshirilayotgan harakatlarimizning dalilidir. Zero, Mustaqil Oʻzbekistonimizda barcha fuqaro baxtli yashashga haqli.
Sh.Abdullaev, tuman davlat xizmatlari markazi mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶