PILLA QABUL QILIŞ DAVOM ETMOQDA
Joriy yilda tumanimiz fermer xöjaliklari va kasanaçilari «ASIA SILK» şöʼba korxonasi bilan 3168 quti ipak qurti parvarişlab, 175200 kilogramm pilla xom aşyosini yetiştiriş böyiça kontaktatsiya şartnomasini tuzgan edilar. Şunga muvofiq 16 ta inkubatoriyalarda ipak qurti uruğlari sifatli jonlantirilib, tarqatildi. Pillakorlarni rağbatlantiriş maqsadida har bir quti ipak qurti parvarişi uçun 220 ming sömdan avans pullari berildi.
Ipak qurti boqiş mavsumi agrotexnika qoidalariga muvofiq olib borildi va ozuqa bazasi yetarli böldi. Bugungi kunga kelib, pillakorlarimiz qariyb bir oy davomidagi maşaqqatli mehnatlari natijasida yetiştirgan pilla hosilini topşirişni boşlab yubordilar.

25-maydan beri qabul qilib olinayotgan pilla hosilining böliqligi, sifatliligi ayniqsa, kişini quvontiradi.
Ayni kunlarda tumanimiz pillakorlari yetiştirib, tozalab keltirgan hosillari peşma-peş qabul qilib olinayotir. Natijalar ularning öz rejalarini ortiği bilan ado etayotganini körsatmoqda. Şu tariqa pilla xirmonimiz tobora yuksalmoqda.
R.Narimbetov, “Amudaryo Agropilla” MÇJ raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶