“Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi” körik-tanlovi ötkazildi
20-may kuni tuman Madaniyat bölimi kontsertlar zalida tuman Maktabgaça taʼlim bölimi tomonidan “Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi” kasbiy körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi. Unda uşbu tanlovning hududiy bosqiçida ğolib bölgan 6 nafar iştirokçilar “Eng yaxşi metodist tarbiyaçi”, “Eng yaxşi ijodkor tarbiyaçi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarni qöllaydigan eng yaxşi tarbiyaçi” nominatsiyalari böyiça ğoliblik uçun bahslaşdilar.
Maktabgaça taʼlim muassasalari xodimlarining pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantiriş, ularning ilğor tajribalarini ommalaştiriş, innovatsion taʼlim texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etiş maqsadida ötkazilgan körik-tanlovning tuman bosqiçida “Yilning eng yaxşi metodist tarbiyaçi” nominatsiyasi böyiça 2-sonli MTM tarbiyaçisi Feruza Bekimbetova, “Eng yaxşi ijodkor tarbiyaçi” nominatsiyasi böyiça 1-sonli MTM tarbiyaçisi Dilbar Qurbonboyeva, “Innovatsion va axborot texnologiyalarni qöllaydigan eng yaxşi tarbiyaçi” nominatsiyasi böyiça 29-sonli MTM tarbiyaçisi Maqsuda Qalandarovalar uçala şartni ham aʼlo darajada bajarişib, ğoliblikni qölga kiritdilar. Iştirokçilar faxriy yorliq va esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.
Ğoliblar mazkur tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritdilar.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶