FAXRIYLARGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KÖRSATILMOQDA
Tumanimizda 1941-1945-yillardagi Ikkinçi jahon uruşida iştirok etgan faxriylar salomatligi tuman Tibbiyot birlaşmasi qoşidagi köptarmoqli poliklinika va qişloq oilaviy poliklinikalari tomonidan doimiy nazoratga olingan bölib, hududlarga biriktirilgan şifokorlar deyarli har kuni ularning xonadonlariga borib, ahvolidan xabardor bölib turişadi.
Manğit şahrining Navoiy nomli mahallasi, Guliston köçasi, 34-uyda istiqomat qiluvçi Sobir Nurullayev 1924-yilda tavallud topgan. Hozirgi kunda otaxon 95 yoşdalar. Sobir Nurullayevga köptarmoqli markaziy poliklinika tomonidan sifatli tibbiy xizmat körsatilmoqda. Umumiy amaliyot şifokori Raʼno Tojiboyeva hamda patronaj hamşirasi Nasiba Örozboyevalar tomonidan patronaj tizimiga olinib, har kuni soğligi tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi va aniqlangan kasalligi böyiça zarur dori-darmonlar bilan muntazam taʼminlanib boriladi.
Qipçoq ovulining Istiqlol köçasi, 12-uyda yaşovçi Ötamurod ota Bozorboyevga esa 1-sonli Qişloq oilaviy poliklinikasi şifokori Raʼnoxon Toirova hamda patronaj hamşirasi Gulşod Yeşçonovalar biriktirilgan.
Tumanimizning “Boğ” mahallasi, Böstonliq mavzesidagi Manğit köçasi, 74-uyda istiqomat qiluvçi Yöldoş Ortiqovning salomatligi ham köptarmoqli markaziy poliklinikasi tomonidan patronaj tizimiga olingan. Otaxonning soğligi şifokor Muhabbat Bobojonova va patronaj hamşirasi Feruza Ollaniyozovalar tomonidan doimiy tekşiruvdan ötkaziladi va zarur paytda muolajalar belgilanib, markaziy poliklinika tomonidan dori-darmonlar bilan muntazam taʼminlanib borilmoqda.
Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilari bölgan bu otaxonlar yaqin ötmiş tariximizning tirik guvohlari. Ularning xalqimiz uçun qilgan buyuk xizmatlari oldida barçamiz birday qarzdormiz va salomatliklari uçun masʼulmiz. Şu bois, tumanimizda yaşovçi uç nafar Ikkinçi jahon uruşi faxriylari salomatligi şifokorlarimiz tomonidan qatʼiy belgilangan reja asosida patronaj tizimiga olingan va har kuni salomatligi tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi. Tor doiradagi şifokorlar tomonidan çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazilib, tez-tez qon va peşob tahlillari tekşiriladi va zarur holatlarda qöşimça muolajalar belgilanadi.
Ayni paytda tumanimizdagi uç nafar Ikkinçi jahon uruşi faxriylarining salomatligi qoniqarli, ular özlarini yaxşi his qilişmoqda.
Fursatdan foydalanib, otaxonlarni va tumanimiz aholisini 9-may – Xotira va qadrlaş kuni bilan çin dildan tabriklayman. Xalqimiz baxtiyor, osmonimiz musaffo, Vatanimiz hamişa tinç bölsin.
Şukurulla BOLTABOYeV, tuman köp tarmoqli poliklinikasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶