Adabiyot
👁 2,913
Amudaryo
Amudaryo – betakror diyor,
Yaşnagan boğ, dalalaring bor.
Men ham bir öğlingman baxtiyor,
Senga mehrim mangu ustuvor.
Bugun boğlab belimni mahkam,
Tinçligingga qildim qasamyod.
Men askarman, sergakman har dam,
Zaminingda gullagay hayot.
Qalqon bölay jonajon diyor
Jonim fido bölsin çamanim.
Özbekiston aro betakror
Amudaryo – Vatanim manim!
Örinbosdi MIRZAOLIMOV,
Umarjon öğli, oddiy askar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶