Ğöza kultivatsiyasiga bağişlangan seminar ötkazildi
17-aprel kuni Amudaryo tumanidagi Kuyukköpir ovulining Qizilçoli mahallasida faoliyat körsatayotgan “Atajanov Janaboy” fermer xöjaligida ğöza kultivatsiyasiga bağişlangan seminar bölib, unda fermer xöjaliklari, MMTPlar, xizmat körsatuvçi taşkilotlar, tuman qişloq xöjaligi bölimi va tuman fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengaşi rahbarlari iştirok etdilar.

Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Sobir Xöjametov, Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi Ilhom Yunusov, Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev va Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori örinbosari Yerpolat Qaipbergenovlar söza çiqişib, hozirgi kunda dalalarda unib çiqayotgan ğöza nihollari parvarişini yuksak agrotexnika qoidalari asosida taşkil etiş orqali har bir tup ğözada möl hosil yetiştirişga erişiş yuzasidan öz maslahatlarini berdilar.
Seminarda ğöza qator oralarini dastlabki kultivatsiya qiliş jarayoni közdan keçirilib, bu iş yuzasidan fikrlar almaşildi, yöl-yöriqlar körsatildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶