Madaniyat
👁 885
Madaniyat bölimida hisobot kontserti ötkazildi

Tumandagi madaniyat markazlarida sanʼat yönalişlari böyiça turli tögaraklar taşkil qilingan bölib, ularda yoşlardagi iqtidor, bilim va könikmalar yanada rivojlantiriladi. Tögaraklarda 180 nafardan ziyod öquvçi-yoşlar 9 yönaliş böyiça taʼlim olişadi.
12-aprel kuni tuman Madaniyat bölimida madaniyat markazlaridagi tögaraklarning birinçi çorak hisobot kontserti ötkazildi. Kontsertda yoş isteʼdod egalari milliy çolğu asboblarida nafis kuylar, guruh va yakka raqslar, qöşiqlar ijro etdilar hamda sanʼatning turli yönalişlari böyiça öz iqtidorlarini namoyiş qildilar.
Havaskor yoşlar ijrosidagi kuy va qöşiqlar, jozibali raqslar barçaga zavq bağişladi.
Nasiba Yeşçanova,
tuman Madaniyat markazi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶