Vasiylik va homiylik: bolalar manfaatlari himoyada
Mamlakatimizda vasiylik va homiylik bilan boğliq huquqiy munosabatlar asosan Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik töğrisidagi Nizom» va boşqa meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mazkur meʼyoriy-huquqiy hujjatlar tahlili vasiylik va homiylikka muhtoj barça toifadagi, ayniqsa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb topilgan şaxslar hamda soğligi tufayli vasiylik va homiylikka muhtoj şaxslarga nisbatan vasiylik va homiylikni amalga oşiriş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş zarurligini körsatdi.
Şularni hisobga olgan holda 2014-yil 3-yanvar kuni Özbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik töğrisida»gi Qonuni eʼlon qilindi. Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş maqsadida işlab çiqilgan uşbu Qonun 9 bob, 50 ta moddadan iborat bölib, u 2014 yil 3-iyuldan boşlab kuçga kiradi.
Qonunda taʼrif berilganidek, vasiylik — ön tört yoşga tölmagan, homiylik esa ön tört yoşdan ön sakkiz yoşgaça bölgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni, şuningdek sud tomonidan muomala layoqati çeklangan fuqarolarni ularga taʼminot, tarbiya va taʼlim beriş, ularning mulkiy va şaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida joylaştirişning huquqiy şaklidir.
Qonunning 1-bobida vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari, vasiylik va homiylikning asosiy printsiplari, vasiylik yoki homiylik belgilanişiga muhtoj bölgan şaxslarni qabul qilgan oilani kuzatib boriş tartibi belgilab qöyilgan.
2-bob vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oşiruvçi davlat organlari hamda ularning vakolatlari, 3-bob esa vasiylik yoki homiylik belgilanişiga muhtoj bölgan şaxslar va ularning mol-mulki töğrisidagi axborot masalalariga bağişlangan.
Qonunga köra vasiylik va homiylik tuman, şahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Vasiy yoki homiy tayinlaşda uning axloqiy va boşqa şaxsiy fazilatlari, majburiyatlarni bajariş qobiliyati, vasiy, homiy va vasiylikdagi yoki homiylikdagi şaxs örtasidagi munosabatlar, vasiy yoki homiy oilasining vasiylikdagi yoki homiylikdagi şaxsga munosabati, şuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi şaxsning istagi inobatga olinişi lozim.
Vasiy yoki homiy böliş istagini bildirgan şaxs haqidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan olingan maʼlumotlar maxfiy bölib, oşkor qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Qonunga köra quyidagilar vasiy yoki homiy etib tayinlanişi mumkin emas:
- ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari çeklangan şaxslar;
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb topilgan şaxslar;
- sobiq farzandlikka oluvçilar, agar farzandlikka oliş ularning öz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarişdan böyin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiisteʼmol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan şafqatsiz munosabatda bölganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bölganligi oqibatida bekor qilingan bölsa;
- öz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud öz huquqlarini suiisteʼmol qilganligi uçun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarişdan çetlaştirilgan şaxslar;
- qasddan sodir etgan jinoyati uçun ilgari hukm qilingan şaxslar.
Şuningdek, qonunda dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlaş, şaxsga bir neçta vasiy yoki homiy tayinlaş, bir şaxsni bir neçta vasiylikdagi yoki homiylikdagi şaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlaş, voyaga yetmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga yetmaganlarning öz arizasiga köra vasiy yoki homiy tayinlaş, ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi bölgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy tayinlaş tartiblari ham belgilab qöyilgan.
Qonunning 5-bobi vasiylik va homiylikni tugatiş, vasiyning va homiyning öz majburiyatlarini bajarişdan ozod qilinişi hamda çetlaştirilişi, 6-bobi vasiylar va homiylarning huquq va majburiyatlari, vasiylikdagi yoki homiylikdagi şaxslarning huquqlari, 7-bobi vasiylikdagi yoki homiylikdagi şaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qiliş hamda 8-bobi vasiylik va homiylik sohasidagi nazorat masalalariga bağişlangan.
Vasiylik va homiylik instituti takomillaşişi manfaatlari himoya qilinişiga muhtoj şaxslar qadr-qimmatining kafolatlanişiga, kişilar örtasidagi mehr-oqibat, qadriyat va anʼanalarning, oila munosabatlarining mustahkamlanişiga, vasiylik va homiylik bilan boğliq munosabatlarning tizimlaştirilişi esa jamiyatda ijtimoiy birdamlik yanada kuçayişiga xizmat qiladi.
Samad DILMANOV,
tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar işlari böyiça komissiya masʼul kotibi.
(Foto - http://www.uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶