XITOYLIKLAR BILAN HAMKORLIKDA ISSIQXONA TAŞKIL ETILDI
Mamlakatimizda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş hajmini kengaytirişga qaratilayotgan eʼtibor oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşda muhim omil bölmoqda.
Şu boisdan ham qişloq xöjaligi korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştirişga möljallangan qöşimça tarmoqlar taşkil etilayotir va aholi tomorqa yerlaridan foydalanişning samarali usullari hayotga tatbiq etilmoqda.
Amudaryolik tadbirkor Jalğas Baymuradov “Manğit invest plyus” MÇJ şaklidagi qöşma korxonasi tarkibida bir gektar joyda issiqxona quriş niyati borligini aytganida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev uni qöllab-quvvatladi va yer maydoni ajratişda hamda boşqa masalalarda unga yaqindan yordam körsatdi.
Natijada 2018-yilning mart oyida Toşyop ovuli hududida zamonaviy issiqxona qurilişi boşlandi.
Quriliş uçun işlatiladigan materiallar Xitoy xalq Respublikasidan olib kelindi. Xitoylik mutaxassislarning va qöşma korxona işçilarining ğayrat körsatib mehnat qilişlari evaziga uşbu issiqxona 2018-yilning oktyabr oyigaça töla qurib bitkazildi.
Şundan keyin issiqxona yer-maydonini mahalliy va mineral öğitlar bilan oziqlantiriş işlari amalga oşirilib, ekişga tayyor qilib qöyildi.
2019-yilning yanvar oyida Toşkent şahridan “Alamina” navli pomidor köçatlari olib kelinib, belgilangan qoidalarga asosan joylaştirildi va parvarişi boşlandi.
Elektr energiyasi yordamida isitişga möljallangan uşbu issiqxonada qiş oylarida ham möʼtadil harorat bölişi natijasida pomidor köçatlari durkun rivojlanib, barvaqt meva tugdi.
– Hozirgi kunda issiqxonamizda pomidor ösimligini tomçilatib suğorişga va ularni bargdan oziqlantirişga köproq eʼtibor berayapmiz, – deydi issiqxonada faoliyat körsatayotgan agronom Bahrom Sidiqov. – Bu usul pomidor hosildorligining oşişida katta ahamiyat kasb etadi.
477 ming AQŞ dollari hisobiga bunyod etilgan, tumanda yagona hisoblangan uşbu issiqxonaning taşqi va içki körinişi, ayniqsa, mehr bilan parvarişlananayotgan pomidor ekini kişining közini quvontiradi. Bu issiqxonada mehnat qilayotgan işçilardan Nurken Örazov, Dilnoza Xöjaboyeva va Gulbahor Duşanovalar har bir işni sidqidildan ado etib, hamkasblariga namuna bölmoqdalar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶