Tumanimiz karatechilari Qoraqalpogʻiston chempionatida 12 ta medalni yengib olishdi
Yaqinda Nukus shahridagi 1 –Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida sportning karate WKF yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston ochiq chempionati boʻlib oʻtdi.
Ushbu nufuzli musobaqada tumanimizdagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida tarbiyalanayotgan 12 nafar iqtidorli karatechilar ishtirok etdilar. Ular musobaqada umumiy hisobda 3 ta oltin, 6 ta bronza medallarini yengib olishib, yorugʻ yuz bilan qaytishdi. Xususan, oʻz vazn toifasida Goʻzaloy Ozodboyeva, Shohruh Qurbonboyev, Adhambek Ibrohimovlar oltin, Dilshod Toʻraboyev, Otabek Otajonov, Joʻrabek Otajonov, Behzod Jumanov, Qunduzoy Qoʻshnazarova, Fazliddin Tajiniyozovlar bronza medali sohiblari boʻlishdi.
Yaqinda Toshkent shahrida yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan shu yoʻnalishdagi Oʻzbekiston chempionatida 5 nafar tumanimizning yosh karatechilari ishtirok etadilar. Ular ayni kunda murabbiy Adhambek Ibrohimov bilan musobaqaga qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda.
Nurbek OTAXONOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶