MAVSUMGA PUXTA TAYYoRGARLIK KÖRILDI
Qişloq xöjaligida yerdan samarali foydalaniş, davlat buyurtmalarini bajariş hamda oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmini kengaytiriş maqsadida tumandagi fermer xöjaliklarining asosiy maydonlariga 2019-yil hosili uçun ekiladigan qişloq xöjaligi ekinlari turlari va miqdori belgilandi. Unga köra, joriy yilda tumandagi 366 ta fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalarida jami 3350 gektar maydonga ğalla, 1565 gektar maydonga sabzavot, 450 gektar maydonga poliz, 50 gektar yerga dukkakli ekinlar, 890 gektar maydonga moyli ekinlar, 390 gektar maydonga şoli, 992 gektar maydonga ozuqabop ekinlar ekilişi, 18 gektar maydonda intensiv boğ va 50 gektar maydonda yangi tokzorlar taşkil etilişi belgilangan.
Tumanda 2019-yil hosili uçun 366 ta fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan jami 15250 gektar maydonga çigit ekiş hamda davlatga 32550 tonna paxta xom aşyosini yetkazib beriş böyiça kontraktatsiya şartnomalari tuzildi.
2019-yil hosili uçun tumanda 4530 gektar maydonga paxtaning “S-47-27” navi, 9120 gektar maydonga “Sulton” navi, 1600 gektar maydonga yangi “Buxoro – 102” va “Buxoro-8” navlari ekilişi rejalaştirilgan.
Ekiş mavsumida talab qilinadigan 183 tonna uruğlik çigit dorilanib, ekişga şay qilib qöyildi. Uruğlik çigitlari fermer xöjaliklariga 16 ta çigit tarqatiş şoxobçalari tomonidan yetkazib berildi. Çigit ekiş işlarini sifatli amalga oşiriş maqsadida 260 ta çigit ivitiş öralari qazilib, mavsumga şay qilib qöyildi.
Çigit ekiş işlarini uyuşqoqlik bilan öz muddatida va sifatli ötkaziş maqsadida tuman böyiça 65 ta otryad tuzilib, ularga zarur texnika va mexanizmlar biriktirildi.
Bir söz bilan aytganda, tumanimizda yangi ekiş mavsumi puxta tayyorgarliklar bilan kutib olinayapti.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶