Yerga baraka uruği qadaldi

18-mart kuni Çoyköl ovulidagi “Nurullayev Bunyodbek” fermer xöjaligida çigit ekişga bağişlangan körgazmali seminar – kengaş ötkazilib, unda tumandagi MMTPlar, fermer xöjaliklari va xizmat körsatuvçi taşkilotlar rahbarlari iştirok etdilar.
Seminar – Kengaşni Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Sobir Xöjametov kiriş söz bilan oçib, 2019-yilda paxtadan möl hosil yetiştirişda Amudaryo tumani qişloq xöjaligi mehnatkaşlari oldida turgan vazifalar haqida gapirdi.
Şundan keyin “Qoraqalpoğiston mintaqaviy paxta terminali” MÇJ raisi Ikrom Xidirov, “Taxiatoş neft bazasi” MÇJ raisi Yerlan Abdimuratov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Agrobank Aktsiyadorlik tijorat banki boşqarmasi boşliği Sardor Jöldasboyev, Qoraqalpoğiston Respublikasi qişloq xöjaligi Vazirining birinçi örinbosari Ilhom Yunusov, Qoraqalpoğiston Respublikasi fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Quvonç Nurimbetov, Amudaryo tumani hokimi örinbosari Anvar Yöldoşev, tuman fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengaşi raisi Fayzulla Saʼdullayev va Qiliçboy MMTP raisi Yaqubboy Aşirovlar sözga çiqdilar.


Çigit ekişga bağişlangan uşbu tadbirda iştirok etayotgan nuroniy otaxonlar oq fotihalarini berişib, boşlanayotgan ekin-tikin işlariga baraka va unum tiladilar.
Şundan kein “Nurullayev Bunyodbek” fermer xöjaligi yerlariga baraka uruği qadalib, çigit ekiş işlari boşlanib ketdi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶