9-SONLI BMSM ÖQUVÇILARI RESPUBLIKA KÖRIK-TANLOVI ĞOLIBI BÖLIŞDI
Yurtimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirişga, ayniqsa yoşlarning madaniy saviyasini yuksaltirişga, ularni milliy va umumbaşariy madaniyatning eng yaxşi namunalaridan bahramand etişga, yoş isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini röyobga çiqarişga alohida eʼtibor berilmoqda, yoş talantlilar uçun turli körik-tanlovlar ötkazilib, ijodi rağbatlantirilmoqda.
Şu yilning 2-martida Nukus şahrida bölib ötgan Bolalar musiqa va sanʼat maktablari ansambllarining respublika körik-tanlovida sanʼat olamiga ulkan mehr, qiziqiş va iştiyoq bilan kirib kelayotgan öquvçi-yoşlarning iqtidori sinovdan ötkazildi.

Körik-tanlovda tumanimizda faoliyat olib borayotgan Yöldoş Abdalov rahbarlik qilayotgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabidan ham 4 ta guruhda tarbiyalanayotgan 37 nafar öquvçilar qatnaşib, yoruğ yuz bilan qaytdilar. Xususan X.Tajiboyev rahbarligidagi xalq çolğu ansambli birinçi, U.Şukurullayev rahbarligidagi anʼanaviy ijro çolğuçilar ansambli birinçi, S.Gulmonov rahbarligidagi anʼanaviy aşulaçilar ansambli uçinçi örinni egallaşdi. Q.Eşçanova rahbarligidagi raqqosalar esa Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Musiqa va sanʼat maktablari öquvçilarining salohiyati va iqtidorini öziga xos sinovdan ötkazgan körik tanlovda tumanimiz vakillarining erişgan yutuqlari ularni yangi-yangi ijodiy parvozlarga ruhlantiradi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶